Bozor iqtisodiyoti sharoitida tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari. Kirish i-bob. Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish


-rasm. Tavakkalchilikni boshqarish bosqichlari


Download 120.43 Kb.
bet4/15
Sana16.04.2023
Hajmi120.43 Kb.
#1359225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
14d-21 Abdujamilov Avazbek . тайёр

1-rasm. Tavakkalchilikni boshqarish bosqichlari
Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uning turlari aniqlanadi, ular tahlil etiladi va zararning kutiladigan darajasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish yoki sug‘urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda esa ko‘rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va bartaraf qilish choralari ko‘riladi.
Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyatining natijalarini yaxshilash va tavakkalchilikning ta’siridan xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratiladi.


1.3.Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish jarayoni.
Tavakkalchilikni baholash usullari.
Tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonida asosiy e’tibor uni baholashga qaratiladi.
Tavakkalchilikni baholash –uning darajasini miqdoriy yoki sifat o‘lchamlari bilan aniqlashdir.
Tavakkalchilikning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:

    • Statistik usul;

    • Ekspert usuli;

    • Analitik usul;

    • Kombinatsiyalashtirilgan usul.

Statistik usulda subyektning va tarmoqdagi boshqa turdosh subyektlarning bir necha yillik faoliyati davomida yuz bergan tavakkalchilik hodisalari hamda ularning ta’sirida ko‘rilgan zararlarning darajasi o‘rganib chiqiladi.
Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi.
Analitik usulda iqtisodiy-matematik usullar, vaziyatli ish o‘yinlari va eo‘timollar nazariyasidagi modellar yordamida tavakkalchilikning darajasiga baho beriladi.

Download 120.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling