Bozor iqtisodiyoti


Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati ham mavjud: raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yish va uni rag’batlantirish


Download 0.78 Mb.
bet2/3
Sana22.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1793817
1   2   3
Bog'liq
1449762524 61753

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati ham mavjud: raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yish va uni rag’batlantirish.

  • Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
  • Birinchisi, bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shavqatsiz raqobat - bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tatibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib keladi;
  • Ikkinchisi, bozor tizimi rag’batlantiriladigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashuviga olib keladi. Eng yangi texnologiya:
  • juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni;
  • yirik bozorlar bo’lishini;
  • kampleksli, markazlashgan va qatiyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishi;

Bozorning asosiy belgilari:

  • Bozorning asosiy belgilari:
  • sotuvchi va xaridorning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash;
  • sotuvchilarning xarajatlarni qoplashi;
  • foyda olish va pul to’loviga qodir bo’lish;
  • raqobatchilik muhitini yaratishdir.
  • Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.

  • Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Iste‘molchi bilan sotuvchi bozor ishlab chiqarish orqali bog’laydi. Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
  • Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. Talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling