Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi Bozorning turlari va tuzilishi


Download 76.36 Kb.
bet1/9
Sana13.05.2023
Hajmi76.36 Kb.
#1457980
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOZOR INFRATUZILMASI UNING ASOSIY SOHALARI VA UNSURLARI 01


MAVZU: BOZOR INFRATUZILMASI UNING ASOSIY SOHALARI VA UNSURLARI


REJA
KIRISH
I-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI
    1. Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi

    2. Bozorning turlari va tuzilishi.

    3. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari


II-bob .Bozor infratuzilmasi nazariyasi
2.1. Bozor va uning vazifalari.
2.2. Bozor infratuzilmasining turlari va tarkibiy qismlari
2.3. Bozor infratuzilmasi faoliyatining shart-sharoitlari,
shakllari va usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotimizning asosini belgilab beruvchi iqtisodiy sohadagi islohotlarga ustuvor e ’tibor qaratildi. Shaxsan birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan asos solingan taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ning hayotga izchillik bilan tatbiq etib borilishi tarixan qisqa davr ichida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
ahamiyatli sifat o‘zgarishlarga erishish imkonini yaratdi. Undan so’ng prezidentimiz Shovkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan taraqqiyot strategiyalari davlatimiz iqtisodiyotini yanada jadal rivojlantirmoqda.
Jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
asosida turli shakldagi mulkchilik tizimini shakllantirish, ustuvor tarmoqlami rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha sohalarini erkinlashtirish, tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlami yaratish, o‘rta mulkdorlar sinfini qaror toptirish, xorijiy investorlar uchun zarur kafolatlarni ta’minlash kabi o‘ta muhim tadbirlar
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida o‘z o‘mi va nufuziga ega bo‘lishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qildi. Biroq, sanab o‘tilgan yutuqlar mamlakatimiz oldida turgan ozod va farovon hayotni barpo etishdan iborat ezgu-maqsadlarga
yetaklovchi navbatdagi salmoqli qadam, bosqichlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqsadga to‘liq erishish uchun oldimizda qator vazifalar turibdi. Bu borada mamlakatimiz birinchi rahbari ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida“Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilash yo‘lidagi harakatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichgako‘tarish va so‘zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat’i yat bilan davom ettirish, ulami xalqimiz orzu qilgan marralarga yetkazishdir” deya Ta’kidlab, mazkur dastuming negizini tashkil etuvchi ustuvor vazifalar qatorida “Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o ‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti boigan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat” bo‘lgan ustuvor yo‘nalishni alohida ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga 2008-yildan buyon o‘zini ko‘rsatib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozi va uning oldini olishga qaratilgan, O‘zbekistonda amaliy dastur sifatida foydalanilayotgan birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan batafsil yoritilgan “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoilari va choralari”
nomli asarida ham “Mamlakatimizni modemizatsiyalash va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratish lozim” deb ta’kidladilar.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan, ma’rifatli bozor iqtisodiyotiga asoslanuvchi demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan mamlakatimiz oldida bu maqsadlarga erishish yo‘llarini bosib o‘tish, ular taqozo etuvchi chora-tadbirlami amalga oshirish vazifasi turadi. Shu o‘rinda, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizim
amal qilgan chog‘da inkor etilgan, jamiyat a’zolari farovonligining yuksak darajasiga erishishda “halal beruvchi”, “yot unsur” sifatida qarab kelingan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga qaytadan nazar tashlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘mini obyektiv jihatdan baholash zaruriyati vuj udga keldi. Bunday tushunchalardan biri - bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti yuksak natijalari, aholi turmush darajasining muhim tomoni hisoblanuvchi infratuzilma sohasi hisoblanadi. Bu sohaning “yaratuvchanlik
kuchi”, “mo‘jizakor” tabiati, iqtisodiyot jadal harakatining muhim omili ekanligi rivojlangan mamlakatlar tomonidan allaqachonlar e’tirof etilgan hamda yuksak darajada baholangan. Shunga ko‘ra, infratuzilma. ayniqsa. bozor infratuzilmasining iqtisodiy tabiatini o‘rganish, uning taraqqiyot omili sifatidagi imkoniyatlarini ochib
berish, tarkibiy qismlarini qar tomonlama rivojlantirish tadbirlarini
amalga oshirish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimini takomillashtirish borasida parlament tomonidan o‘tgan davr mobaynida xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini
mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etish kabi vazifalami amalga oshirishga mo‘ljallangan qonun hujjatlari qabul qilindi. Shuningdek, parlament aholi daromadlari va xalq farovonligini uzluksiz oshirib borish, keng miqyosdagi
ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor berib kelmoqda.



Download 76.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling