Raqobatni himoya qilish vazifasi.
1) Monopol faoliyatini cheklash va ular ustidan nazorat o`rnatish.
- Texnologik va iqtisodiy sharoitlar tufayli monopol mavqega ega bo`lgan korxonalar narxlarni tartibga solish.
- Monopol korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar va xizmatlar turini aniqlash hamda ularga andozalar o`rnatish.
2) Tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish.
3) Iste`molchilar huquqini va tadbirkorlar manfaatini himoyalash.
Daromad (boylik) larini qayta taqsimlash vazifasi.
- Tarnsfert to`lovlari yordamida (muhtojlar, nogironlar,birovning qaramog`idagilar va ishsizlar nafaqalar bilan ta`minlanadi).
- Ijtimoiy ta`minot dasturlari orqali( qariya va pensionerlarga, jamiyatning kam daromadli yoki daromadga ega bo`lmagan a`zolariga moliyaviy yordam ko`rsatiladi).
- Bozorni tartibga solish, ya`ni talab va taklif ta`sirida o`rnatiladigan narxlarni o`zgartirish yo`li bilan.
- Imtiyozli narxlarni va ish haqining eng kam (minimal) darajasini belgilash hamda o`zgartirish orqali.
- Iste`molchilarning tovar ( va xizmat ) lar aniq turini xarid qilish layoqatini oshirish orqali talabni kengaytiradi va ular foydasiga resurslar qayta taqsimlanadi.
- Davlat ayrim tovarlar taklifini ko`paytirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalaydi va shu orqali ularga resurslar oqimini ta`minlaydi.
- Davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne`matlarni ishlab chiqaruvchisi sifatida chiqib, budjet mablag`lari hisobiga resurslarni xususiy sohada qo`llashdan bo`shatadi.
Resurslarni taqsimlash (qayta taqsimlash ) vazifasi.
- Iqtisodiyotda to`liq bandlikni ta`minlash( davlat investitsiyalarini ko`paytirish, xususiy sektor sarflarini rag`batlantirish orqali) .
- Soliqlarni kamaytirish yoki soliq stavkalarini pasaytirish.
- Dotasiya va subsidiyalar berish.
- Transfert to`lovlarini kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |