“Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari” mavzusida


Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish


Download 261.88 Kb.
bet10/12
Sana22.04.2023
Hajmi261.88 Kb.
#1376826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Kurs ishi

Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish, Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:

  • barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;

  • bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi;

  • kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlami pasaytirish;

  • tabiiy monopoliyalaming narx va mahsulot sotish siyosatini tar­tibga solish va boshqalar.

Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalami qamrab oladi:28

  • mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;

  • bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;

  • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;

  • bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.

Tarkibiy o‘zgarishIar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga mos bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.29

  1. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash, diversifikatsiyalash. Ish­lab chiqarishni modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Diversifikatsiya - ishlab chiqarish­ning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlami sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ulaming sifatini takomillashtirish.

  2. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon boiadi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud boiishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.

  3. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo’lgan tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qoilab-quvvatlashga o’tishga yo‘naltirilgan.

Bozor tizimining ko‘rsatib o’tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mam­lakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga oiishning revolyusion va evolyusion yoilari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo’lni, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yoiini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoii tanlandi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo’lib, puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:30

  • iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan us­tuvorligini ta’minlash;

  • o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;

  • butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;

  • bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish;

  • bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.

Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqi­yot modelining naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman, mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogliq bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyu­sion yo’l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oiish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichla- rini aniq farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilish­ning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:31

  • o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;

  • mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.

Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichi­da iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilish- ning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator vazi­falami ko‘rsatib berdi:32

  • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;

  • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqti­sodiy barqarorlikni ta’minlash;

  • milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash;

  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.

O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi.




  1. Download 261.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling