“Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari” mavzusida


Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi


Download 261.88 Kb.
bet5/12
Sana22.04.2023
Hajmi261.88 Kb.
#1376826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Kurs ishi

Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.

Bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan belgilardan biri bu iqtisodiy raqobatning mavjudligidir. Bozor munosabatlarining ishtirokchilari— tovar ishlab chiqaruvchilar1 va iste'molchilar o'zlarining iqtisodiy manfaatlariga egadirlar. Bu manfaatlami yaxshiroq va oqilona qondirish yo'lidagi ulaming barcha xatti-harakatlari va intilishlari raqobat kurashi tarzida namoyon bo'ladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar) o‘z tovarlarini yuqoriroq narxda sotib, ko'proq foyda olish uchun kurashadilar, iste'molchilar kamroq xarajat qilgan holda o'z manfaatlarini ko'proq qondirishga intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka asoslangan tizim bo'lgani uchun eng kuchli raqobat kurashi tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida bo'lishi tabiiy hol. Chunki har bir tadbirkor o'z mablag'ini ko'proq va tezroq foyda olishi mumkin bo'lgan sohaga kiritishga, ishlab chiqaigan tovarini bozorda ko'proq va yuqoriroq bahoda sotishga harakat qiladi. Natijada ham xomashyo bozorida, ham tayyor mahsulotlar bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobat kurashi paydo bo'ladi.
Raqobat kurashining ikki xil turi—tarmoqichra va tarmoqlararo raqobat mavjud bo'lib,ularning birinchisi bir xil tovarlar ishlab chiqarish bilan band bo'lgan tadbirkorlar raqobatidir. Tarmoqlararo raqobat esa turli xil tovarlami ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi kurashda namoyon bo'ladi.
Tarmoqichra raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy taraqqiyot- ning juda muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Bir xil ehtiyojni qondirishga mo'ljallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi raqobatda „sendan men o‘taman“ tarzida kurash ketadi. Masalan, odamlarning nonga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondiruvchi tadbirkor-nowoy yoki ,.Doka-non“ firmasi o‘z mahsulotlarini ko'proq sotib, ko'proq foyda olish uchun, awalambor, nonning sifatini yaxshilashga harakat qiladi. Biroq, o‘z-o‘zidan ma'lumki, nonning sifati yaxshi bo'lishi bilan uning sotuvi ko'payib qolmaydi. Uning narxi ham xaridor uchun ma'qul bo‘lishi kerak. Shuning uchun tadbirkor yoki firma yopilayotgan nonning narxini tushirish uchun o‘z xarajatlarini kamaytirish yo'llarini izlaydi.
Shunday qilib, tarmoqichra raqobat tadbirkorlardan birvaqtning o'zida ikkita muhim vazifa bilan shug‘ullanishni taqozo etadi. Ulaming birinchisi mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish bo'lsa, ikkinchisi ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani joriy qilish, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtira borishdir. Kam hajmda va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tez orada bankrotlikka uchraydi, ya'ni sinadi.
Tarmoqlararo raqobat ham bozor iqtisodiyoti sharoitida shiddatli kechadi. Sarmoya egalari o‘z mablag‘larini biron-bir soha yoki tarmoqqa yo'naltirishdan oldin u yerdagi foyda me'yori bilan qiziqadi. Tabiiyki, qaysi tarmoqda uning sarmoyasi ko'proq foyda keltirsa, u o‘z mablag'ini aynan shu tarmoqqa kiritadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar xo‘jalik amaliyo- tida shunday hollar ham sodir bo'ladiki, tadbirl orlar o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqdan voz kechib, mutlaqo bcshqa tarmoqda ish yurita boshlaydilar. Buning sababi oldin sarmoya l iritilgan tarmoqda foyda me'yorining tushib ketgani va ko'proq fo]rda olish mumkin bo'lgan boshqa tarmoqning mavjudligidir. Masalan; muzlatgich ishlab chiqaruvchi firma yuqorida ko'rsatilgan holat tufayli konditsioner ishlab chiqarishga, televizor ishlab chiqarayotgan firma kompyuterlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashuvi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ro‘y beruvchi raqobat kurashini mukammal, nomukammal va monopolistilf raqobatlarga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat deganda bir xil tovar va xizmatlar taklif qilinadigan bozordagi raqobat tushuniladi. Masalan, televizorlar bozori, kompyuterlar bozori, un yoki sut mahsulotlari bozori va hokazo. Tarmoqichra raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy taraqqiyot- ning juda muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Bir xil ehtiyojni qondirishga mo'ljallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi raqobatda „sendan men o‘taman“ tarzida kurash ketadi. Masalan, odamlarning nonga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondiruvchi tadbirkor-nowoy yoki ,.Doka-non“ firmasi o‘z mahsulotlarini ko'proq sotib, ko'proq foyda olish uchun, awalambor, nonning sifatini yaxshilashga harakat qiladi. Biroq, o‘z-o‘zidan ma'lumki, nonning sifati yaxshi bo'lishi bilan uning sotuvi ko'payib qolmaydi. Uning narxi ham xaridor uchun ma'qul bo‘lishi kerak. Shuning uchun tadbirkor yoki firma yopilayotgan nonning narxini tushirish uchun o‘z xarajatlarini kamaytirish yo'llarini izlaydi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tizimida bunday doiraviy aylanish korxona va firmalar bilan uy xo'jaligi o'rtasida amalga oshadi. Uy xo'jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha iqtisodiy resurslarni bozorga yetkazib beradi. Korxona va firmalar bu resurslarni sotib olib, turli xil tovar va xizmatlarga aylantiradilar va ulami bozorga yetkazib beradilar


Download 261.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling