4. O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va bandlikni ta’minlash maqsadli dasturlarini amalga oshirishning hozirgi holati tahlili
2019 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida mamlakatimizda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha jami 990,5 mingta ish o‘rni tashkil etildi (2-jadval):
2-jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2019 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bo‘yicha 987,5 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Haqiqatda 2019 yilda yaratilgan ish o‘rinlari soni 990,5 mingtani tashkil etgan. Ya’ni dasturga nisbatan yaratilgan ish o‘rinlari soni 0,3 foizga ortig‘i bilan bajarilgan.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan ish o‘rinlari soni (2019 yil)11
№
|
Hududlar
nomi
|
2019 yilda yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni,
dastur bo‘yicha
|
Haqiqatda
2019 yilda yaratilgan ish o‘rinlari soni
|
Dasturiga nisbatan, % hisobida
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
49 841
|
50014
|
100,3
|
2.
|
Andijon
|
79 986
|
82542
|
100,1
|
3.
|
Buxoro
|
73 452
|
75622
|
100,3
|
4.
|
Jizzax
|
50 048
|
52012
|
100,2
|
5.
|
Qashqadaryo
|
90 961
|
89469
|
100,6
|
6.
|
Navoiy
|
41 087
|
65463
|
100,3
|
7.
|
Namangan
|
75456
|
75709
|
100,5
|
8.
|
Samarqand
|
94 500
|
94639
|
100,1
|
9.
|
Surxondaryo
|
66 657
|
66699
|
100,1
|
10.
|
Sirdaryo
|
51 150
|
40209
|
100,1
|
11.
|
Toshkent
|
87 520
|
88215
|
100,5
|
12.
|
Farg‘ona
|
92 823
|
92931
|
100,1
|
13.
|
Xorazm
|
60 200
|
60631
|
100,7
|
14.
|
Toshkent shaxri
|
95 956
|
93470
|
100,1
|
|
Respublika bo‘yicha
|
987 539
|
990 447
|
100,3
|
2019 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rni yaratildi:
1.Maqsadli dasturlar ga muvofiq 261,6 mingta ish o‘rni, shuning 115,9 mingtasi sanoatda, 67,3 mingtasi xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 49,1 mingtasi qishloq xo‘jaligida (chorvachilikda, parrandachilikda, bog‘dorchilikda, baliqchilikda, asalarichilikda, sabzavotchilikda, ipakchilikda, uzumchilikda) tashkil etildi.
Yangi qurilish hisobiga va ishlab turgan korxonalarda ish o‘rinlari tashkil etish «O‘zbekengilsanoat», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekturizm», «O‘zfarmsanoat», «O‘zavtosanoat» kompaniyalari, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tizimida va boshqalarda amalga oshirilgan.
2.Kichik korxonalar va mikrofirmalarni jadal rivojlantirish, shuning hisobiga 290,4 ming kishining bandligi ta’minlandi. Ushbu yo‘nalish barcha mintaqalarda, ayniqsa 2019 yilda ish bilan bandligi ta’minlangan aholi umumiy sonining 74,1 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent (48,2%), Surxondaryo (44,0%), Buxoro (43,8%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (40,9%) ish o‘rinlari tashkil etishda ustunlik qilgan.
2019 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadlarga 8,5 trln. so‘m kredit ajratilgan. Bunda imtiyozli kredit resurslari ko‘proq ishchi kuchi bozorida keskin vaziyat kuzatilayotgan olis qishloq tumanlarida ish o‘rinlari tashkil etishni ko‘zda tutgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovining qat’iy belgilangan stavkasi nisbatan past ekanligi, sanoatda 5%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari uchun 10% gacha ekanligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 8 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2022-sonli qaroriga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar bu yo‘nalishda ish o‘rinlari yaratishning muhim rag‘batlantiruvchi chorasi bo‘lgan.
3. 2019 yilda yakka tadbirkorlik sohasi 104,3 ming kishining bandligini ta’minladi. Yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarining chakana savdosini, dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosini amalga oshirayotgan, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanayotgan, maishiy xizmatlar ko‘rsatayotgan shaxslarga solinadigan soliqning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq qat’iy belgilangan stavkalari yakka tadbirkorlikni rivojlantirish uchun haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni yaratgan.
4. Uy mehnatining barcha shakllari, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha kooperatsiyalashgan uy mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi 203,7 ming band bo‘lmagan fuqaroni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy nochor toifalarini, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirishga yordam berdi.
Faoliyatni tashkil etishning boshqa shakllarida mumkin bo‘lmagan oqilona moslashuvchan ish kuni va mehnat taqsimoti oilaviy tadbirkorlik sharoitida amalda mumkin bo‘ladi, bu esa ko‘pincha ishga joylashmay qoladigan aholi toifalarini, yosh bolali ayollarni va ishchi kuchi bozorida raqobatlasha olmaydigan boshqa toifadagi shaxslarni ham ishlab chiqarishga qisman jalb etish imkonini bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |