Bozor konyukturasini tadqiq qilish reja 01 Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha 02


Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish


Download 1.96 Mb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1006416
1   2   3   4   5
Bog'liq
bozor konyukturasi

Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish
ko‘rsatkichlari hamda baholash uslublari.
Bozor konyu’nkturasini muntazam ravishda o‘rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir.
Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog‘liqdir, narx- navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi.
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import,shuningdek narx - navodagi o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin
Konyunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik xayotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o‘zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga yondoshib emas,balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig‘indisiga yondashish kerak.Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharhi va ma’lumotnomasidir. Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o‘zgarishini aks ettiradi.
Ayrim tovar bozor konyunkturasini o‘rganishdan maqsad to‘g‘ri bashorat qilish va o‘zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob’ekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yo‘llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o‘rganish va amaliy faoliyatida yo‘llangan ob’ekti bo‘lib, jarayonlar, ko‘rinishlar, hodisalar bo‘lishi mumkin.
Bashorat qilish bu- ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bog‘lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jarayonlarga bog‘liqdir
Bashorat qilish obyektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakning qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bog‘lanishlarining tabiat xususiyatlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jarayonlarga bog‘liqdir.
Bashoratning maqsadi va xizmati oqilona yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko‘ra bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirish va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali qurol bo‘lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko‘ra bilish uning imkoniyatlari va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi sohalari o‘sishi va effektivligini aniqlash hamda radikal o‘zgarishlari va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.
Bozor konyunkturasi bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra, bozor konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo‘lishi mumkin.
Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog‘liqdir, narx-navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek, narx-navodagi o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o‘rganiladi.
Uzoq muddatli o‘sish imkoniyalarini aniqlash va konyunktura tahlili o‘zaro bog‘liq va u bir-birini to‘ldirib boradi
Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlar 3 guruhga bo‘linadi:
  • o‘tgan davr konyunktura ma’lumotlari;
  • tadqiq qilinayotgan davr konyunktura ma’lumotlari;
  • kelgusidagi konyunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.

  • Umumxo‘jalik konyunkturasining tahlilini izlanishning maqsadiga ko‘ra ikki yo‘l olib borish mumkin:
  • Agar ma’lum bir vaqtning ichida konyunkturaning rivojlanish tendensiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda konyunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi.
  • Agar eng oxirgi sanaga konyunktura holatini aniqlash masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda iqtisodiy davrning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, konyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.

Konyunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik hayoti murakkabligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o‘zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga yondashib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig‘indisiga yondashish kerak. Konyunktura tahlilining shakli konyunktura sharxi va ma’lumotnomasidir.
Ba’zi tarmoqlar, masalan, qora metallurgiya, havo va suv transporti, qurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo‘yicha ishlaydi. Boshqalari esa, ya’ni avtomobil, radioelektronika va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishning qisqarishi yoki o‘z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoxud yomonlashishi aniq ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yo‘qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini iqtisodiy davrning dinamikasidan rad etadi.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:
1.Kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2.Bashoratni aniqlashda bir necha usullardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.
3.Qo‘llanilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi.
4.Xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.
5.Bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llanilishi

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling