Bozor munosabatlari sharoitida boshqarishning moxiyati, maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Reja


Download 25.1 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi25.1 Kb.
#1637007
  1   2   3
Bog'liq
Bozor sharoitida korxonalarni boshqarishning moxiyati


Bozor munosabatlari sharoitida boshqarishning moxiyati, maqsadi, vazifalari va tamoyillari.
Reja:
1.Bozor munosabatlari sharoitida boshqarishning moxiyati, maqsadi.
2.Bozor sharoitida korxonalarni boshqarishning vazifalari va tamoyillari.
3.Boshqaruv ilmining o ‘ziga xos xususiyatlari


Bozor munosabatlari sharoitida boshqarishning moxiyati, maqsadi.
Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko’rsatkichi sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati, mehnati taqsimoti, kooperasiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi. Boshqaruvsiz tabiatni o’zgartirish, mehnat qurollari va predmetlarini yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirishga yo’naltirilgan faoliyat yuritishning iloji yo’q. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari o’rtasida kelishuvni yo’lga qo’yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va me’yorini tartibga soladi hamda resurslardan foydalanishning samarali yo’llarini topishga o’z hissasini qo’shadi. Boshqaruvning mohiyati va obyektiv zaruriyatini yanada osonroq va tezroq tushunish uchun adabiyotda mashhur bo’lgan misol - orkestr va dirijerga murojaat qilish lozim. Orkestr va dirijerning o’zaro aloqasini ilg’ab olish uchun musiqiy qobiliyat talab qilinmaydi. Konsert tomoshalarida bo’lgan har bir kishi dirijerning sahnada paydo bo’lish chog’ini ko’rgan, albatta. Orkestr tomon o’girilgach, dirijer tayoqchasini ko’taradi va musiqachilar musiqa chalishni boshlaydilar. Shunga o’xshash holat boshqaruvda ham ro’y beradi - yo’lga qo’yilgan tashkilotchilik tizimi boshqaruv komandalari asosida ishlaydi. Bundan kelib chiqqan holda boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining obyektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivasiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne’matlar hamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste’mol qilish va ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi.
Boshqaruv tushunchasi tor m a’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur boMgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to ‘g‘ri tan lay bilish, qarorlar qabul qila olishga ham da uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayonning borishiga bog‘liq b o ‘ladi. Boshqaruv nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jam iyat, davlatni o ‘z tanlagan yo‘li maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta ’sir etuvchi kuch hisoblanadi. Boshqaruvni jam iyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtim oiy-iqtisodiy tom onlarini hisobga olgan holda o ‘rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun m ahsulot tayyorlashda m ehnat taqsim oti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish m unosab atlari bilan b o g 'liq b o ‘lib, boshqaruv m aq sad larin i belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv m ehnat unumdorligi va ishlab chiqarish sam aradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar sam arali m ehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ulam i ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta ’m inlash va aholining kam ta ’m inlangan qatlam larini qo'llab-quw atlashdan iboratdir. Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy m unosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib bo rad i. Boshqaruv ishlab chiqarish 5 jarayonida ishlab chiqarish vositalariga m ulkchilikning turli shakllari mavjud b o ‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar o 'rtasida raqobatni shakllantirish, foydani m aksim allashtirishga qaratilgan b o ‘lsa, u bu ­ tun bir iqtisodiy tizim da ishlab chiqarish evaziga jam iyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilm a elem entlari va ulam ing o ‘zaro aloqasini ta ’m inlovchi m exanizm ning barqaror ishlashiga, h ar bir fuqaro, guruh, uyushm a, tashkilot va m uassasalar m anfaatlarini e ’tiborga olgan holda ularning jah o n sahnasida o ‘z o ‘rniga ega b o ‘lishiga qaratilgan bo ‘ladi. B oshqaruvning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtim oiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlam i o ‘rganish va ulam ing aniq vaziyatlarda nam oyon b o ‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari respublika iqtisodiyotini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. 1991-yil 31-avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e ’lon qilindi, shunday bir sharoitda davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Prezidentim iz I. Karimov tom onidan quyidagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadim iz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchh dem okratik huquqiy davlatni va fuqarolik jam iyatini barpo etishdan iborat». Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohotlarga va boshqariladigan vazifalarga nechog‘lik bog‘liq bo ‘ladi. Ijtimoiy siyosiy sohada: — m a’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum m exanizm idan va tuzilm alaridan qutuhsh; — davlat qurilishining dem okratik huquqiy tam oyil va m e’yorlariga o ‘tish; — fuqarolik jam iyatiga o ‘tishning poydevorini qurish va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: — iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish; — m ulkchilikning xilma-xilligi; — narx erkinligini ta ’minlash; — raqobat kurashiga o ‘tish; — ko‘p tarm oqli iqtisodiyotga ham da bozor m unosabatlariga o ‘tish va boshqalar. M a ’naviy sohada: — mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidabozlik va o ‘ta siyosatlashgan m afkura hukm ronligidan qutulish. Xalqaro munosabatlar sohasida: — butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o ‘zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish; — jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘1 ochish. Bozor munosabatlariga o ‘tish ishlab chiqarish va bozom ing samarali o‘zaro ta ’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalam ing o ‘z-o ‘zini boshqarishning m utanosib nisbatda boMishini ta ’m inlovchi takom illashgan iqtisodiy mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir.
Korxonani boshqarish – bu xo’jalik rahbar organlari, korxona ma’muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko’zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga ularning o’zaro amal qilishini uyushtirish uchun maqsad yo’nalishida tartibli ta’sir ko’rsatishdir.Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida , xoh u mamlkat miqyosida bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (obyekti) va boshqaruvchisi (subyekti) ga ega bo’ladi.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv obyekti ko’p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo’lib u:
- moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlar);
- tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish , joy-joyiga qo’yish, o’qitish va hk.);
- xizmat ko’rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta’mirlash, tashish va hk.);
- mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni o’z ichiga oladi.
Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizimga ta’sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomonda esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi: buyumni, ya’ni:
- mehnat vositalarini boshqarish;
- odamlar (ishchilar) ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta’sir ko’rsatadilar va boshqarish su’bekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta’sir ko’rsatadigan ishchilar.
- boshqaruvchi tizimda boshqarishning obyekti (odamlarni boshqarish);
- boshqariladigan tizimda boshqarishning subyekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar (3.2.1-rasm).
Ishlab chiqarishni boshqarish – ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib , ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta’sir ko’rsatishdir.Masalan: har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o’rtasida, har bir sexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’sinlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni , ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chifarishdan boshlanadi. Har qanday ishlab chiqarishda ikki omil shaxsiy insoniy omil va moddiy ashyoviy omil ishtirok etadi. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayriboshlash orqali iste’mol qilish bilan tugallanadi.
Ishlab chiqarish muhitda boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi – bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa:
- ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga;
- investisiya samaradorligiga;
- mahsulot sifat va uning raqobatbardoshligiga;
- tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga;
- yangi texnika va texnologiyaning joriy qilish darajasi kabi qator omillarga bog’liqdir.
Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita , ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o’z ichiga oladi. 
- ishchi kuchini boshqarish;
- ishlab chiqarish vositalarini boshqarish;
- texnika va texnologiyani boshqarish;
- ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish;
- mahsulot sifatini boshqarish;
- investisiya samaradorligini boshqarish;
- innovasion jarayonni boshqarish va boshqa.
Qayd qilingan obyektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funksiyalari jarayonida o’z aksini topadi. 

Download 25.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling