Bozor risklarini baholash usullari va yo`llari abdug`aniyev Soib Rustam o`g`li


Download 13.81 Kb.
bet1/2
Sana22.03.2023
Hajmi13.81 Kb.
#1286384
  1   2
Bog'liq
Moliya mustaqil ish 2


BOZOR RISKLARINI BAHOLASH USULLARI VA YO`LLARI

Abdug`aniyev Soib Rustam o`g`li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo`nalishi 2-kurs talabasi
abduganiyevsoibjon2425@gmail.com
telefon raqam (+998)88-898-68-84

Annotatsiya: Risk tushunchasi haqida qishqacha izoh. Bozorlarda faoliyat yuritish bilan bog`liq risklarni hisobga olish va baholashning ahamiyati. Bozor risklarining mohiyati, turlari, tahlil qilish va baholash.


Kalit so`zlar: Iqtisodiyot, risk, tadbirkorlik, vaqt, bozor, bank, pul.

Kirish: Risk mohiyati va mazmunini ko‘rib chiqar ekanmiz, tadbirkor, ishbilarmon va menejerning muvaffaqiyati riskka munosabatni tushunishiga sezilarli darajada bog‘liqligini isbotlashga endilikda hojat qolmagan. Bu muammo alohida qiziqish uyg‘otadi va har tomonlama o‘rganishga arziydi. Tadbirkorlik faoliyati va biznesda risk boshqaruv nazariyasi hamda amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa, ushbu eng jiddiy muammoning kam o‘rganilganligini hisobga olsak, tamomila mustaqil nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Risk vaziyatlarida boshqaruv masalalari bo‘yicha manbalar ro‘yxati va mahalliy adabiyotda uni baholash darajalari anchayin qashshoq, fundamental tadqiqotlar deyarli yo‘q. Uzoq vaqt mobaynida mamlakat xalq xo‘jaligini asosan ekstensiv rivojlantirishga mo‘ljal olish, boshqaruvning haddan tashqari yuqori markazlashuvi, boshqaruvning ma’muriy usullari hukmronligi noaniqlik va riskni hisobga olish masalasini qo‘yishga imkon bermagan. Bundan tashqari, “taqchillik iqtisodiyoti”da tadbirkorda risk qilish, mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga xohish va qiziqish bo‘lmagan. Bundan xo‘jalik va ijtimoiy risk muammosiga barqaror qiziqish yo‘qligining sabablari tushunarli.

Asosiy qism : “Risk” atamasi o‘zbek tilidagi ayrim manbalarda “tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “tahlika” va “g‘ov” ma’nolarida tarjima qilinayotgan bo‘lsa-da, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining asl ma’nosini bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning ko‘zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi” deb ushbu olimlar ta’rif beradi. Har qanday iqtisodiy subyekt faoliyat yurgizar ekan, u risk bilan to‘qnash keladi. Bu risk har qanday vaqt va sharoitda yuzaga kelishi mumkin. Bu riskdan qo‘rqmay, uni boshqarib daromadni ko‘paytirish har bir subyektning maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan risklarni o‘rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash va boshqarish metodlarini o‘rganish iqtisodchilarning vazifasi hisoblanadi. Risk – faoliyat yuritish davomida turli xil omillarning o‘zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir. Koxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida kutilgan foydaning olinmasligi, kutilmagan xarajatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq hodisalar yoki ularning yuz berish ehtimolliklari riskni ifodalaydi. Fikrimizcha, risk - bu moliyaviy kategoriya bo‘lib, kutilishi mumkin bo‘lgan omad yoki xatar, ya’ni ko‘zlangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan umid qilish yoki ko‘p mablag‘larning yo‘qotilishi ehtimolliklari bo‘lib, u qandaydir holatlar, omillar ta’sirida kutiladigan foydaning pasayishi, ortishi yoki yo‘qotilish ehtimolida namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy risklar korxonalarning boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni tushunish mumkin. Bularga misol qilib, korxonalarni tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, investitsion kompaniyalar, fond birjalari va boshqa moliyaviy muassasalar bilan munosabatlari kiritishimiz mumkin. Korxonalarda moliyaviy risklarni yuzaga kelishiga asosan, inflatsion omillar, banklarda kreditlarni foiz stavkalari ortib ketishligi, qimmatli qog‘ozlar narxining tushib ketishligi kabi omillar ta’sir qiladi. Risklarning mazmun-mohiyatini tadqiq etish, ularni oldindan aniqlash va baholash, ularning oldini olish yoki pasaytirish choralarini ko‘rish barcha iqtisodiy korxonalar uchun ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra, risklarni tahlil qilishda ularni alohida xususiyatlari bo‘yicha ajratish va o‘rganish, tahlil qilish va baholash juda muhim sanaladi. Har bir riskning o‘ziga xos xususiyati va ularni baholash, nazorat, monitoring va uning boshqarib turish yo‘llari va bosqichlari bor. Riskning qanday yo‘l bilan kelib chiqqanligini va kelib chiqishda qanday xususiyat va omil yetakchi bo‘lganligini aniqlash uchun risklar umumiy klassifikatisiya qilinadi.
Bu klassifikatsiya orqali korxona faoliyatida riskning paydo bo‘lishining barcha qirralarini tahlil qilish va o‘rganish mumkin. Risklarni korxonalar foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish maqsadida risklarning turli belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar joriy va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida qator risklarga duch keladilar. Shuning uchun risklarning tabiati va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir. Risk turlarining deyarli barchasi korxonalari moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog‘ida o‘z faoliyatini yuritishiga qarab, risklar ta’siri darajasi ham o‘zgarishi mumkin.
Ko‘plab xorijiy va mamlakatimizdagi chop etilayotgan iqtisodiy adabiyotlarda risklarning bir necha xil turlari sanab o‘tilgan. Risklarni boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari bo‘yicha aniq guruhlarga bo‘lishga bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni tasniflashning turli xil ko‘rinishlari berilgan.
Korxonalar xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida uchraydigan risklarni quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin:
1)xo‘jalik faoliyatining shakliga ko‘ra:
- tijorat riski;
- moliyaviy risk.
2)namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra barcha turdagi risklar (1.4.2- rasm):
- sof risklar;
- spekulativ risklar.
3)risklarni yuzaga kelish sohasiga ko‘ra:
- tashqi risklar;
- ichki risklar.
4)paydo bo‘lish xususiyatiga ko‘ra:
- subyektiv;
- obyektiv.
Tijorat riski deyilganda asosan mahsulotlar realizatsiyasi va xomashyolarni sotib olish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklar tushuniladi. Moliyaviy risk deganda moliyaviy bitimlarni amalga oshirish (bankka mablag‘larni qo‘yish, aksiyalar muomalasi, birja faoliyati va hokazo) chog‘ida vujudga keladigan risklar tushuniladi (1.4.1-rasm).

Bozor risklari moliyaviy risklarning qismi sifatida tashkilotlarning iqtisodiy faoliyati ko‘lamida yuzaga keladi. Uning daromadi Moliyaviy risklar Bozor riski Valyuta riski Kredit riski Inflatsiya riski Investitsion riski Foiz riski shakllanishi bilan bevosita bog‘langan va tashkilotlarning investitsion-moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida ehtimoliy iqtisodiy yo‘qotishlari bilan xarakterlanadi.


Kredit riski deb, qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi ya’ni kredit summasining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha foizlarning shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi.
Bozor riski hamda kredit riski tegishli moliyaviy instrumentlarga egalik qilish jarayonida yuzaga keladi. Bu ikki turdagi risklar, ayni vaqtda o‘ziga xos, alohida yoki tizimli hodisa sifatida nafaqat aniq bir moliya institutining say-harakati, balki bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida kechishini ham ta’kidlash o‘rinlidir.
Valuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslari o‘zgarishidan yoki boshqa turli valuta operatsiyalari amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqo‘tishlar (yoki daromad olish) tushuniladi. Valuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi - valuta kurslari o‘zgarishi hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlar hamma shaxslarga: ishbilarmon firmalar va davlat tuzilmalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina hollarda, ularning faoliyati eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq va shu sababli, kreditorlar va qarz oluvchilar, investorlar va chayqovchilar, xo‘jalik subyektlari o‘z bizneslarini milliy valutaga nisbatan xorijiy valutalarda amalga oshirishni ma’qul ko‘radilar.
Bozor risklarni baholash, odatda, bir-birini to`ldiruvchi ikki turga, ya`ni:

  • Bozor risklarni baholash, odatda, bir-birini to`ldiruvchi ikki turga, ya`ni:

  • risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko`zlovchi sifat tahlili;

  • loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko`rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo`linadi.

Bozor risklarni baholashning maqsadi -investorga bozor riskini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to`g`risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo`lgan moliyaviy yo`qotishlardan himoyalanish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma`lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko`ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug`urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim.


Download 13.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling