Narx xosil bulishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda qo'llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx xosil bulishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati.
O'rov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar ishlab chiqarilgandan sung uning xususiyatlarini saqlash xamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun muljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaktsiyalari ularni qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo'lgan byullenten, pablik rileyshnz vositasi.
Prognozlash (bashorat qilish) usuli - o'rganilayotgan ob’ektning utmishdagi va xozirgi ma’lumotlarini taxlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko'ra bilish. Turli xil tarkibiy kismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, o'rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko'ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini qamrab olish bo'yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Raqobat - 1) alohida shaxslar o'rtasida xar biri uzi uchun shaxsan erishini maqsad kilgan bitta yo'nalishdagi, xususan tadbirkorlar o'rtasida kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol kilsh jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining kommunikatsiyasi, kurashi, o'zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.
Raqobatchilikmuxitidiagnostikasi - marketing tadqiqotining raqobatchilar xatti- xarakatlarining ichki motivlari xakida tulik va aniq tasavvurni shakllantirish uchun zarur bo'lgan uziga xos mustaqil boskichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |