Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq extiyojni qondirishda bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo'lib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va jaxon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muxim korsatkichi.
Firmaning marketing muxiti - firmadan tashqarida faoliyat ko'rsatuvchi xamda marketing xizmati ragbariyatining maqsadli mijozlar (xamkorlar) bilan muvaffakiyatli xamkorlik munosabatlari urnatish imkoniyatlariga ta’sir ko'rsatish mumkin bo'lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va mikromuxitdan tarkib topadi.
Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa kurinishiga ega bulmaydigan iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga korsatishi mumkin bo’lgan faoliyat yoki ne’matlar turi.
Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab
chiqarishni tuxtatish; tovarni bozordan raqobatbardoshligi va talabni yukotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo xajmi, bozordagi ulushi, xayotiylik davridagi urni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa ko'rsatkichlar kullanadi.
Yangi tovarni ishlab chiqish - korxonaning uz kuchi bilan IITKI otkazish asosida original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulotlarni yaratish jarayoni. Bu jarayon odatda goyalarni ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar kontseptsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes taxlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va tijoratlantirishdan iborat buladi.
Iqtisodiyot - cheklangan Iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi Iqtisodiy tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: |