Bozor segmenti taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing kompleksiga bir xilda munosabatda bo’luvchi iste’molchilar guruhi majmui. Bozorni tadqiq etish


Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyat. Iqtisodiy resurslar


Download 50.2 Kb.
bet13/18
Sana15.11.2023
Hajmi50.2 Kb.
#1775187
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3. Glossary

Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyat.


Iqtisodiy resurslar - ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to’plangan va mavjud bo’lgan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar, qo’r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir.


Iqtisodiy o’sish - YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatning yaxshilanishida ifodalanadi


Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va siyosati fanining predmeti - iqtisodiy rivojlanishning sharoitlarini, omillarini va ahamiyatini aniqlash maqsadida iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o’rganishdan iboratdir.


Uslubiyat - Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo’llari, qonun - qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya - Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o’rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qarat ishdir.


Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.



Download 50.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling