Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi - ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’t ishi.
Emmigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Erkin savdo zonalari - Iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Boj ittifoqi - yagona tashqi savdo ta’riflari o’rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To’lov ittifoqi - milliy valyutalarning o’zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi. Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o’zaro erkin savdoni amalga oshir ish va yagona tashqi savdo siyosati
o’tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo’lib, bunda Iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari Iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Eksport - tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import - chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport - qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport - iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi - xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi - bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To’lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yilda) a malga oshirilgan barcha Iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |