Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan kam bo’lgan miqdori.
Inflyatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori.
Multipliqator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning yalpi sarflardagi o’zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - Iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat o’lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy kategoriya bo’lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Ma’naviy rag’batlantirish - insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
Yakka shakldagi manfaat- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir.
Jamoa manfaati - kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Ijtimoiy manfaat - bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro’yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Mehnat salohiyati - jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardir.
Ilm-ma’rifat salohiyati- ilm-ma’rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar fan erishgan darajadir.
Texnika- texnologiya salohiyati- jamiyatdagi mashina -mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnikaviy darajasi va texnologik tizimlar majmuini o’z ichiga oladi.
Tabiiy salohiyat- tabiiy resurslar miqdori va sifati ishlab chiqarishning ob-havo sharoiti.
Fan-texnika taraqqiyoti - fan va texnikaning muttasil ravishda va o’zaro bog’liq holda rivojlanishidir.
Xalqaro Iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o’zaro Iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va baraaror rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |