Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining oralik va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan kup turli (marketing jarayonining barcha boskichlari bo'yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bogliq xarajatlar kaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashqil etish va amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha (moddiy-texnik mexnat va xokazo) resurslarga nisbati yordamida baxolanadi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo'yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan sarf va chikimlar yigindisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy kismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bulimi xodimlari maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing bulimining normal faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko'rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o'lchanadi.
Marketingda tarmok yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafakat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko'p tomonlama o'zaro aloqalari jarayonini aks ettirish kontseptsiyasi. Tarmok yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar uzlariga xamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar o'zgarganda ularning bir-biriga karamligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmog'i a’zolari o'rtasida resurslar ayirboshlash “qaramlik” va “xokimlik” manbai xisoblanadi. Marketing tarmogi uchta o'zaro bogliq tarkibiy kismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmok yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |