Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari


Download 17.08 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi17.08 Kb.
#1116498
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari
Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Bozor tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni, degan mazmunni anglatgan.
Dastlab , bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib bozor joyi, deb e’lon qilingan. Shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida yuz bergan.
Lekin, tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi pulning kelib chiqishi natijasida sotish va sotib olish tovar-pul-tovar ko’rinishida bo’la boshlagan, endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib, puliga boshqa vaqtda, boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin bo’lgan. Pul paydo bo’lishi bilan bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni u tovar-pul muomlasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshlaydi.
Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-biriga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’gin, jamiyat taraqqiyotida mahsulot almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayriboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va haridorlar o’rtasida pul orqali ayriboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va hizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-niriga bog’laydi, bunda bozor vositachi bo’lib hizmat qiladi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
Bozorning ichki tuzulishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar unga asos bo’ladi. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor va rivojlangan bozorga bo’linadi. Bozor hududiy jihatdan mahalliy, milliy bozorlar, hududiy bozorlar, mintaqaviy (regional) va jahon bozorlariga bo’linadi.
Bozor ob’ekti jihatiga ko’ra , yani tovarlar turi bo’yicha ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, yani oziq-ovqat, kiyim-kechak bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat yani ishchi kuchi bozori, intelektual bozor va boshqalar ko’rinishida bo’ladi. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor ob’ektlari shunchalik ko’p va xilma-xil bo’ladi. Bozor turlari va ularning tuzilishi quyidagi chizmada ko’rsatilgan.


BOZORNING OB’EKTI BO’YICHA TUZILISHI




I shlab chiqarish vositalari va resurslar bozori






Iste’mol tovarlari bozori




M oliya va qimmatli qog’ozlar bozori




Mehnat bozori



Intellektual bozor




KO’LAMI BO’YICHA BOZORNING TUZILISHI



Mahalliy bozor





Milliy
bozor





Hududiy bozor


Jahon
bozori


Bozor iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etish, regulyatorlik funksiasini bajarishni amalga oshiradi. Buni bozor narxlar vositasida bajaradi. Bozor o’zida talab va taklifni jamlab, ularni muvozanatlashtiradi. Bozor nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi.

Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko’ra bozor erkin raqobatli bozor va monopollashgan, raqobat cheklangan bozorlarga bo’linadi. Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko’pchilik bo’lib, ulardan xech biri bozorda hukmron mavqega ega bo’lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo’lishadi. Narx-navoni hech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda erkin rivojlanadi.Monopollashgan bozor – bunda ozchilik sotuvchilsr va xaridorlar hukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor. Monopollashgan bozorning o’zi uch xil bo’ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistic bozor, sof monopoliya bozori. Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi, ular bozorda har xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar bilan ishtirok etadilar, ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi. Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar va kompaniyalar hukmron bo’ladi, lekin ular ham o’zaro raqobatl
Download 17.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling