Bozorni segmentlash strategiyasi
Download 102.5 Kb.
|
1476214665 65421
6. Maqsadli marketingMaqsadli marketing — iste‘molchilar aniq guruhlarning didi va afzalliklarga ko’ra, bozor segmentlari o’rtasida chegara o’tkazish, ularni tanlash. 7. Segmentlarning mezonlari Maqsadli bozorlar: 1) geografik; 2) ijtimoiy-demografik (yoshi, daromadi, bilimi, irqi, millati, oila tarkibi va turmush tarzi, jinsi, dini, mehnat faoliyati); 3) psixografik (ma‘naviy qiymatlar, xulq-atvori, manfaatlari, munosabatlari, xohishlari) va boshqa mezonlar bo’yicha aniqlanadi. 1. Geografik mezonlar bo’yicha segmentlash har xil birliklarga bo’lgan talabning quyidagi taqsimlanishini ko’zda tutadi: — doimo yashaydigan mamlakatiga qarab, ichki, kirish va chiqish turizmi; — turistik safarning geografik maqsadiga ko’ra; yer yuzi, mamlakatlar, mintaqalar va shaharlar bo’ylab. Segmentlashning asosi deb, bizning mamlakatimizda «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab, quyidagi turistik yo’nalishlarini ishlab chiqqan: klassik turistik yo’nalish (Toshkent – Samarqand – Buxoro –Xiva – Toshkent; Toshkent – Samarqand – Buxoro – Shahrisabz – Toshkent); ekologik turistik yo’nalishi (Chotqol tog’ tizmasidagi dam olish va davolanish oromgohlari, Zomin va Buxoro viloyatlaridagi qo’riqxonalar); arxeologik turistik yo’nalishi (Qoraqalpog’iston, Samarqand, Surxondaryo hududlari bo’ylab); ekstremal turistik yo’nalishi (Chimyon, Farg’ona vodiysi tog’ yon bag’ri, Orol bo’yi, Buxoro va Navoiy viloyatlari tekisliklari bo’ylab); ma‘naviy turistik yo’nalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa viloyatlardagi); Havo yo’llari turistik yo’nalishi (O’zbekiston shaharlari va Germaniya, Gollandiya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi xorijiy davlatlari); qishki turistik zona (Toshkentdan 80 km shimoli-sharqda, Chotqol tog’ tizmasi yon bag’rida joylashgan). Har qanday turistik yodgorligi turistik bozori ko’pgina segmentlari uchun jozibali bo’lishi mumkin. Marketing menejeri bozorning har bir segmentini o’rganib, foydali biznes yuritish uchun ulardan eng salohiyatli bo’lganini tanlashi kerak. Turistik markazlar bir necha mezonlari bo’yicha aniqlangan o’z segmentlarga ega bo’lishi mumkin. Eng ko’p tarqalgani, bu — geografik segmenti. Bu mezon asosida tashkil bo’lgan segmentlar — kurortda dam olishni maqsad qilgan uzoq masofani bosuvchi turistlar; mintaqaviy qatnovchilar (turmarkaz joylashgan hududida yashovchi va to’rt soat ichida u yerga yetib boradigan turistlar) va mahalliy aholi bo’lgan turistlar. Turistik yo’nalishning yaqinligi muhim omil bo’ladi: odatdagidek turmarkazning o’z maqsadli bozoriga yaqin joylashganligi keluvchilar sonini yanada ko’payish ehtimolini yaratadi. Ma‘lum turmarkazni rivojlantirish uchun turistik tashkilotlar, odatda, uning yon-atrofida joylashgan yirik aholi mrakazlariga reklama bilan murojaat qiladi. 2. Ijtimoiy-demografik mezonlardan foydalanish o’ziga har biri maxsus yondashuvni talab etuvchi har xil segmentlarni olish uchun imkon beradi. Ijtimoiy-demografik mezonlari — bu turistlar yoshi, jinsi, kasbi, turistlar yashaydigan aholi punktining katta-kichikligi, turistga hamroh bo’lgan oila a‘zolari soni, oila turi, millati, diniy qarashlari, oilaning yalpi va har bir oila a‘zosining to’g’ri keladigan daromadi, oilada transport vositasining bor-yo’qligi va h.k. Shuningdek, ayollar turizmi, kasb-hunar, maxsus turizm (bank xizmatchilari, qishloq xo’jaligida ishlovchilar, sanoatning har xil tarmoqlari uchun), hamda yoshlar turizmi va «o’spirinlar» turizmi imkoniyatlarga boy. Oilaning turiga qarab, talab oilaviy turizm (bolalar va ularsiz), alohida turizm, oila a‘zolari besh va undan ko’p bo’lganlar turizmga bo’linadi. Daromad darajasiga ko’ra, turistik turlari tijorat, iqtisodiy, odatdagidan tashqari, lyuks-turlari, ijtimoiy, o’rtacha darajadagi, arzon bo’lishi mumkin. Download 102.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling