Bozorni segmentlash strategiyasi


Download 102.5 Kb.
bet4/7
Sana20.01.2023
Hajmi102.5 Kb.
#1104544
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1476214665 65421

Yoshiga bog’liq turlar o’spirinlar, yoshlar — studentlar, o’rtacha yoshdagi kishilar, «uchinchi» yoshdagi kishilarga qarab bo’linadi.
Oila turmush tarzining bosqichiga bog’liq holda: yoshlar —yolg’iz sayr qiluvchilar, bolalarsiz oilalar, bolali oilalar, so’qqabosh odamlar.
3. Psixografik mezon bo’yicha turistik bozor segmentatsiyasi iste‘molchilar taxlilini o’tkazayotganda, ularning hulq-atvori: psixologik xususiyatlari va turmush tarzini o’rganib borayotganini belgilaydi.
Psixografik, ya‘ni ruhiy-xatti-harakatlari, turistik xulqning mezonlari: safardan maqsad; sayyohning ruhiyati; mavsumiyligi: safar tashkil qilinishi va shakli (guruhiy yoki yakka holda); ishlatiladigan transport vositalari; joylashuv vositalari; turmaqsadning uzoq-yaqinligi; safar davomiyligi (turistik xizmatlarni yaratuvchilari uchun katta ahamiyatga ega, chunki e‘tiborga olinganni, qisqa muddatli safarlarga intiladigan sayyohlar katta harajatlarga va yanada unumli sayr dasturiga tayyor bo’lishadi) hamda bu mezonlarga safarning moliyaviy manbalari (ijtimoiy turizm — ijtimoiy-sug’urta tizimi yordami orqali tashkil etiladigan aholining kam ta‘minlangan qatlamlarning dam olishi; intensiv-turlar, firma xodimlari, oilalari uchun firma tomonidan moliyalashtiradigan rag’batlantiruvchi safarlar); tursafarni tashkil etish to’g’risida yechim qabul qiluvchi maslahatchi va vositachi (turagenti, turoperator)lar kiradi. Ruhiy xatti-harakatlar segmentatsiyasida iste‘molchilarni turmush tarzi belgilari va ularning bo’sh vaqtiga nisbatan maqsadli ko’rsatmalarga binoan guruhlarga, shaxsning umumiy holati va xulqiy xususiyatlari bo’yicha hamda turmahsulotni iste‘mol qilish odati bo’yicha guruhlarga ajratadi.
Turistik safarning maqsadiga ko’ra, turizm quyidagi segmentlarga: ishbilarmonlik, sport, kurort, sog’lomlashtirish, sarguzashtli, ko’ngilochar, ta‘lim beruvchi, dunyoni anglash, noyob, har xil qiziqishlarga oid turlarga qarab ajratiladi.
Ulardan ko’plari yanada mayda subsegmentlarga bo’linadi, masalan, rekreatsiya turizmda bu ta‘til turizmi va davolanish maqsadidagi turizm. Odatda, maqsadiga ko’ra alohida segmentlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish qiyin bo’ladi: ishbilarmonlik turizmini olamni anglash turizm bilan birlashadi, sport turizmini rekreatsion bilan.
Turxizmatlar iste‘molchilarning u yoki boshqa ehtiyojlari va xususiyatlarni umumlashtirib va ko’pgina o’xshash belgilarni birlashtirib, sayyohgohlarning talab va istaklarini aniqlashga harakat qilinmoqda.
Mezonlar majmuasi asosida yaratilgan turlanish ma‘lumotlari doimo shartlidir, ammo firma marketingda bozorni segmentatsiyasini o’tkazishda va maqsadli guruhlarni aniqlashda, xodimlarni tayyorlashda, reklama tadbirlarini o’tkazishda, ommaviy axborot vositalarni tanlashda va marketing maqsadlarni aniqlashda unumli foydalanish mumkin.
Aholining turmush tarzi asosida turistik bozorni bo’lish yo’li orqali yaratilgan segmentlar, har bir bu segment vakillarning xulq-atvori, manfaatlari, ishonchlari, tasavvurlari, qiymatlari va ehtiyojlari to’g’risida savollarga javob berishi mumkin. Masalan: quyidagi iste‘molchilar guruhi aniqlangan: o’z-o’zi bilan ovora bo’lgan holda rohat qidiruvchi; ishbilarmon doira vakili, xizmat ko’rsatuvchilar va uyda o’tiradiganlar.
O‘z-o‘zi bilan ovora bo‘lgan holda rohat qidiruvchi. Zerikarli, o’ziga yoqmagan ishni bajaruvchi, sof havodagi faoliyatning haqiqiy va xayoliy turlaridan qoniqish maqsadiga ega bo’lgan shaxs. Baliq tutish va ovga borishni, basketbol o’ynashni yaxshi ko’radi, qimmatbaho sport avtomobillariga qiziqadi. Daromadi yaxshi, ammo sotuvlar to’g’risida yechimlarni bexosdan qabul qiladi. Bu inson o’z hayotini uzoq vaqt rejalashtirmaydi. U sport, sarguzasht va boshqa faol televizion dasturlarning doimiy tomoshabini.
Faol va maqsadga intilgan shaxs. O’zini bor qobiliyati va kuchidan xizmat yuzasidan ko’tarilish maqsadida foydalanadi, o’z ishiga qiziqishi katta, erkin fikrlovchi, hayotga qarashlari zamonaviy bo’lgan, o’ziga ishongan shaxs. Bunday shaxs doimo yangi his-tuyg’ularni, faol harakatni, masalan, chang’ida sayr qilib yurish, kemada suzish, chet elga sayohatga chiqishga intiladi. U barcha voqealar va zamonaviy madaniyatning oxirgi yangiliklarini bilish uchun tinmay jurnallar o’qiydi. Sport teledasturlarini, ko’ngilochar shou o’yinlari va so’nggi qiziqarli ma‘lumotlardan boxabar bo’ladi.
Ishbilarmon shaxs. Faol, maqsadga intilgan shaxsdan farqi o’laroq ikkinchi uy sotib olish va qimmat dam olishdan foydalanish uchun ko’proq bo’sh pul mablag’lariga ega. Ammo yaqin masofada harakat qilish istagini bildiradi, harakati sust, chunki doimiy yashash joyi va shakllangan oilaga ega. U amaliy jurnalxon va gazetxon bo’lib, qisqa yangiliklarga qiziqadi, sarguzashtlar va tabiat to’g’risidagi maxsus teledasturlarning ishqibozi.
«Xizmat ko’rsatuvchilar». Kichik shaharlarda yoki yirik shaharlar chekkasida yashaydi, ijtimoiy boyliklar, ya‘ni vatanparvarlik, axloq va qiyin ish bilan band bo’lish zaruratiga qat‘iy ishonadilar. Eng afzal dam olish ular uchun bu oila bilan birga palatkalarda (kemping) dam olishdir. Ular ovni va baliq tutishni yaxshi ko’rishadi. Barcha televizion sport dasturlari o’rtasida bouling va futbolga qiziqishadi.
An’anaviy uyda o‘tiruvchi. Ularning asosiy muammosi — tez o’zgaradigan tevarak-atrofdagi yangiliklardan orqada qolishdir. U qadimdan qolgan an‘analarga sodiq bo’lganligini isbotlab, boshqalardan ham xuddi Shuni kutadi. U sarflagan har bir so’mdan yuqori naf olishga harakat qiladi. Uyda o’tiruvchi xavf-xatardan qochadi va hech qachon tovarlarni kreditga sotib olmaydi. U televizion komediyalar tomoshabini. Jahonda bo’lgan so’nggi voqealar to’g’risida ma‘lumot manbasi bo’lib teleyangiliklar hisoblanadi.
Bu segmentlar iste‘molchilar xususida yuzaki tavsifnoma beradi. Turistik bozorni umumlashtirilgan tavsiflar bo’yicha taqsimlashda turmush tarzi mezoni bo’lgan segmentlar ehtiyojlari va qiziqishlari har xil bo’lgan iste‘molchilar guruhlarida namoyon bo’ladi. Har bir segment asosiy bozor bo’lib, unga maxsus turmahsulot ishlab chiqariladi. Ijtimoiy-demografik ma‘lumotlar har bir segmentning jismoniy va moliyaviy imkoniyatlarni va cheklashlarni aniqlab beradi. Turmush tarzining ta‘rifi har bir segment ehtiyojlari va istaklari to’g’risida tasavvur qilishga imkon beradi.
Turistik talabning segmentatsiyasi cheksizlikka intiladi, bu inson ehtiyojlari tuzilishining murakkabligi, jamiyat hayotida dam olish va turizm ahamiyatini o’sishi kabi omillar bilan asoslanadi. Turistik ehtiyojlar tuzilmasi murakkabligi talabda faqat yangi segmentlarni emas, balki turizmning yangi shakllarni vujudga kelishini asoslab beradi.

Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling