Bozorni segmentlash strategiyasi
Download 102.5 Kb.
|
1476214665 65421
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadli marketing Segmentlarning mezonlari Maqsadli bozorlarni aniqlash
BOZORNI SEGMENTLASH STRATEGIYASI Reja:Segmentlashga yondashuv va undan maqsad Marketing turlari Ommaviy marketing Mahsulot (tovar) bo‘yicha tabaqalashgan marketing Strategik marketing Maqsadli marketing Segmentlarning mezonlari Maqsadli bozorlarni aniqlash 1. Segmentlashga yondashuv va undan maqsad Turistik firmaning resurslari chegaralangan bo’lganligi uchun barcha mijozlarni qoniqtiradigan tovarlarni yaratish va ishlab chiqarish murakkab vazifadir. Shuning uchun ham firma o’z harakatlarini bozorning ayrim segmentlariga xizmat ko’rsatishga yo’naltiradi. Ular qanday kompaniya samarali xizmat ko’rsatish holatini ta‘minlash uchun bozorda o’ziga eng ma‘qul bo’lgan segmentlarni aniqlashi zarur. Ammo firmalar bunday siyosatga doimo bo’ysunishmaydi. Bu borada uch asosiy yondashuv mavjud bo’ladi: Ommaviy marketing. Mahsulot (tovar) bo‘yicha tabaqalashgan marketing Maqsadli marketing Firmalar ko’proq ommaviy va mahsulot (tovar) bo’yicha tabaqalashgan marketingdan ayni paytda mavjud bo’lgan marketing imkoniyatlarni to’laroq ochib beradigan maqsadli marketing texnikasiga o’tishmoqda. Firma o’z marketing harakatlarini behuda sarflash o’rniga e‘tiborini tovarlarni harid qiladigan mijozlarga qaratishi mumkin. Marketingning samarali strategiyasi maqsadli bozorlarning aniq joylashuvini taxmin qiladi va faqat Shu bozorlarga xizmat ko’rsatish uchun kuch sarflaydi. Maqsadli bozor, bu — umumiy salohiyatli turistik bozorning segmenti bo’lib, unda taklif etiladigan tovar (xizmat)lar eng jozibali bo’ladi. Bugungi kunda turistik xizmatlar bozorida, Shu jumladan, O’zbekistonda ham turfirmalar soni ko’payib, raqobat kuchaymoqda. Ko’pgina turtashkilotlar cheklangan moliyaviy mehnat va boshqa xil resurslarga ega bo’lgan kichik biznes korxonalaridir. Buning uchun ular barcha mijozlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida o’z harakatlarni har tomonlama taraqqiy ettira olmaydilar, samarali va foydali faoliyati uchun to’rt asosiy tadbirni o’tkazishni talab qiladigan maqsadli marketing tamoyillaridan foydalaniladi. Bular: bozorni segmentlashdan — segmentlash tamoyillarini aniqlash, qabul qilingan segmentlarning yo’nalishini tuzish; bozorning maqsadli segmentlarni tanlashdan — qabul qilingan segmentlarning jozibalik darajasi baholaridan, bir yoki bir necha segmentlarni tanlashdan; bozorda tovarning joylashuvidan — maqsadli segmentlarning har birida tovar joylashuvining to’g’risi yechilishdan; maqsadli segmentning har biri uchun marketing majmuasini ishlab chiqishdan iborat. Turistik marketingda birinchi qadam bo’lib, turistlar bozorini ayrim muhim mezonlar asosida segmentlarga bo’lish hisoblanadi. Bozorni segmentlash — bu bozorni iste‘molchilar talablarining umumiyligi bilan tavsiflanadigan qismlarga taqsimlash. Bu segmentlarning har biri maqsadli bozor sifatida tanlanishi mumkin. Undan keyin alohida tovar va berilgan segmentning majmuali marketingni ishlab chiqish kerak bo’ladi. Segment — iste‘molchilar tovarga bir xil talab qo’yadigan bozorning bir qismi. Bozorning ayrim qismlariga iste‘molchilar yetib bormasligi yoki yetib borishiga xohishi bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ham kompaniyaning mavjud imkoniyatlari eng yuqori samara beradigan joyda to’plangan bo’lishi kerak. Download 102.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling