Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi. Bozor tuzilmalarining tahlil tamoyillari
Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari
Download 48,41 Kb.
|
Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi. Bozor tuzilmalarining tahlil
3. Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari
Real bozorlar, odatda, nomukammal raqobat muhitida bo‘ladi va ularni oligopoliyaga yoki monopolistik raqobatga kiritish mumkin. Bu vaziyatga qaramasdan, bozor tuzimalalarini tadqiq qilish mukammal raqobat modelini tahlil qilishdan boshlanadi. Birinchidan, bu model, raqobat sharoitlariga (ya’ni, firmalar tarmoqqa erkin kirib chiqa oladigan, asosan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozori) yaqin bozolarni tadqiq qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, mukammal raqobat bozori misolida xar bir firma oldida turgan asosiy masala, ya’ni, o‘z daromadini maksimallashtirish uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerak, firmaning iqtisodiy muvozanat sharoiti qanday degan muammolari hal qilinadi. Va nihoyat, uchinchidan, mukammal raqobat modeli real tarmoqlar samaradorligini va ularning monopollashuv darajasini baholash imkonini beradi. Mukammal raqobat modelining xususiyatlari:
Yuqoridagi xususiyatlar juda ham qattiq va amaliyotda mukammal tarzda qo‘llash kamdan-kam holatlarda amalga oshiriladi. Shunga qaramay, mukammal raqobat modeli iqtisodiy tahlilning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Bozor mukammal raqobatlashgan bozor bo‘ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma to‘g‘risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz. Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta’sir qila olmaydi: . Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‘lgani uchun ham u tovar narxini o‘zgartira olmaydi. Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda, bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil bo‘ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko‘ra yuqori bo‘ladi). Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko‘paytmasiga teng: , bu yerda yoki - umumiy daromad; - narx; - sotilgan ne’mat miqdori. Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bo‘lganligi uchun, u ko‘rinishida yoziladi. Download 48,41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling