Bozorning usullari va funksiyalari Reja


Download 22.32 Kb.
bet2/5
Sana24.11.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1796648
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon 2

Bozorning zarurligi.Har birimiz bozor haqida koʻp marta eshitganmiz. Bolaligimizdan bozorning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish-istaklarimizdan qatʼiy nazar butun umrimiz davomida bozorning bir boʻlagi boʻlib qolamiz. Bozor nima ekanligini yaxshi bilishimizga qaramay, unga aniq taʼrif berishga qiynalishimiz mumkin. Bu haqda fikr-mulohazalar yuritishdan avval, iqtisodchi-olimlar tomonidan bozorga berilgan taʼriflarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Bozorning eng soda va nazarimizda eng tushunarli taʼrifi:
Tovar bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi foyda koʻradi. Foydani bir qismiga ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchi qismi evaziga esa, oʻz ehtiyojini qondiradi. Bir xil tovarlar sotiladigan bozorda topilgan pul, boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorda sarflanishi mumkin. Demak, bozor oʻzini oʻzi quvvatlab turadi. Bir turdagi bozorning inqirozi, jahon bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Dunyoda roʻy berayotgan inqiroz, moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan, lekin hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuztilmoqda. Bunga sabab, moliya sektorida yoʻqotilgan pullar boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorga kelib tushmadi. Natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ziyon koʻrdi. Aksincha, iqtisodiyot katta sektorining rivojlanishi, boshqa sektorlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, bozorda tovar ayirboshlashning uch afzalligi bor. • Bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni oʻzi ishlab chiqarib isteʼmol etgandan koʻra sotib olish arzonga tushadi • Isteʼmol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan isteʼmolni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor boʻlmay mahsulotlar bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda koʻp ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish kerak. • Bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki oʻrinbosar tovarlarni bozorda koʻplab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh isteʼmol tovarlari boʻlsin, ulardan maʼqulini tanlab olish mumkin boʻladi. Oʻzi ishlab chiqarganda tanlash imkoni boʻlmas edi.



Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling