Bozorning usullari va funksiyalari Reja


Download 22.32 Kb.
bet3/5
Sana24.11.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1796648
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon 2

2.Bozorning infratuzilmasi.
Infratuzilma — bu har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalaming mavjud bo‘lish sharti hisoblangan tarkibiy qismidir. So‘zma-so‘z ifodalaganda, infratuzilma - bu iqtisodiy tizimning asosi, poydevori, ichki tuzilmasi demakdir. «Infratuzilma» atamasi lotincha«infra»-quyi, osti; «structure» - tuzilma, joylashuv so‘zlaridan paydo boMgan. «Infratuzilma» atamasining keng qo‘llanilishiga qaramay, bu tushunchani turlicha talqin qilish hollari uchrab turadi. Bir guruh olimlar infratuzilmaning funksiyasini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishda deb qarab, uni xizmat ko'rsatishning yaxlit tizimi sifatida belgilaydilar. Bu fan bozor infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari, hozirgi zamon bozor infratuzilmasining aralash iqtisodiyot tizimi sifatida, mamlakatlar va xalqlaming madaniylashgan, ijtimoiyadolatli jamiyat sari harakat bosqichi sifatida tushuntirilib, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida chuqur bilimlar beruvchi fan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining amal qilishi masalalariga, 0 ‘zbekiston bozor infratuzilmasini o‘rganishga, milliy iqtisodiyotdagi infratuzilmaning jahon xo‘jaligiga qo‘shiIish masalalariga katta ahamiyat beriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda infratuzilma sohasi tarkibiga kiruvchi tuzilmalardan foydalanish amalda ancha ilgari boshlanganligiga qaramay, unga mukammal tizimga ega boMgan mustaqil soha sifatida e’tibor qaratish nisbatan kech ro‘y berdi. Zero, “infratuzilma” atamasi fanga kiritilishining aniq sanasi ma’lum bo‘lmay, ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu tushuncha XX asr 40-yillarining oxirida paydo bo‘lgan deyilsa, ba’zilarida esa amerikalik iqtisodchi P.Rozenshteyn-Rodan tomonidan 1955-yilda ilmiy atama sifatida qo‘llanilganligi qayd etilgan3. Ma’lumotlarga ko‘ra, XX asr boshlarida “infratuzilma” atamasi iqtisodiy tahlilda qurolli kuchlaming hayotga layoqatliligini ta’minlovchi obyekt va inshootlami ifodalash uchun qo‘llanilgan. 40-yillarda G‘arbda infratuzilma tushunchasi orqali moddiy ishlab chiqarishning yetarli darajada amal qilishi uchun xizmat qiluvchi tarmoqlar majmui tushunila boshlandi. Ba’zilar infratuzilmani “insonning hayoti va ijtimoiy ishlab


Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling