Bozorov Abbosning Mehnat iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1027864
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация1

Mamlakat 
Taʼlimning toʻliq 
sikliga sarflangan 
sarmoya (dollar) 
Bir xodim 
yaratadigan 
qoʻshimcha 
qiymatning miqdori 
(dollar) 
AQSH 
231 000 
3,1 mln. 
Janubiy Koreya 
130 000 
2,1 mln. 
Oʻzbekiston 
19 000 
77 ming 



Agar 
yuqoridagi 
maʼlumotlarga 
eʼtibor 
qaratadigan boʻlsak, AQSH va Janubiy Koreyada bir 
ishchi kuchini shakllantirishga ketgan xarajat oʻzini 13-
17 karra oqlagani holda, Oʻzbekistonda sarflangan 
sarmoyaning jamiyatga keltiradigan foydasi atigi 4 
barobarni tashkil etadi. 
2018-yilda Jahon Banki tomonidan eʼlon qilingan 
“Inson kapitali indeksi-2018” reytingida Singapur (0,88 
koeffitsent), Yaponiya (0,84), Koreya (0,84), Gongkong 
(0,82) va Finlyandiya (0,81) peshqadamlik qilgan. Ushbu 
davlatlarning intellektual salohiyati ham juda yuqori. 
Agar xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni 
jalb etgan mamlakatlarning 2019-yilgi reytingiga 
qaraydigan 
boʻlsak, 
bugungi 
kunda 
xorijiy 
investitsiyalar arzon ishchi kuchi boʻlgan mamlakatlarga 
emas, balki intellektual salohiyati hamda inson kapitali 
yuqori salohiyatga ega boʻlgan mamlakatlarga 
kiritilayotganligiga guvoh boʻlamiz. 


Reyting 
Iqtisodiyot 
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy 
investitsiyalar hajmi ($ mln

Amerika Qoʻshma shtatlari 
258 390 000 000 

Xitoy 
203 492 014 029 

Germaniya 
105 277 588 652 

Braziliya 
88 324 149 805 

Gonkong 
86 462 759 029 

Singapur 
82 039 577 168 
103 
Oʻzbekiston 
624 293 458 



Afsuski, mamlakatimizda maktab oʻquvchilarini bilimini 
aniqlash uchun oʻtkazilgan monitoring ishlari xalqaro 
standartlarga mos ravishda emasligi sababli taʼlim sifati 
(oʻquvchilarning bilimini baholash) boʻyicha taqdim etilgan 
maʼlumotlar qabul qilinmagan va shu tufayli 2020-yilga qadar 
Inson kapitali indeksi” reytingida Oʻzbekiston Respublikasining 
maʼlumotlari eʼlon qilinmagan. 
Mamlakatimizda innovatsion rivojlanishga toʻsqinlik 
qilayotgan asosiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha amalga 
oshirilgan samarali islohotlar oʻz natijasini berib, 2020-yil uchun 
inson kapitali indeksiga Oʻzbekistondagi sogʻliqni saqlash va 
taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar ham kiritildi. Ushbu 
tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etgan Oʻzbekiston 0,62 
koeffitsent bilan MDH mamlakatlari ichida Belarus Respublikasi 
(0,7), Rossiya (0,68) va Qozogʻiston (0,63)dan keyingi oʻringa 
joylashgan. 
Darhaqiqat, keyingi yillarda Oʻzbekistonda inson 
kapitalini rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsishni 
taʼminlash va xalqqa munosib turmush tarzini yaratib berishga 
kun tartibidagi asosiy masala sifatida qaralmoqda. 


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021-yillarda 
Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini 
tasdiqlash 
toʻgʻrisida”gi 
Farmonida 
“Mamlakatning 
xalqaro 
maydondagi raqobatbardoshligi darajasini va innovatsion jihatdan 
taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini 
rivojlantirish —strategiyaning bosh maqsadidir”, deb belgilab 
berildi. 
Shu bilan birga, 2019-yilning may oyida ilm-fan va oliy taʼlim 
sohasini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga 
bagʻishlangan yigʻilishda Prezidentimiz mazkur sohaga oid davlat 
dasturlarini shakllantirish va markazlashgan tartibda moliyalashtirish 
orqali ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka 
yoʻnaltirilgan ixtisosliklar boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini 
yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro reytinglarda 
mamlakatimiz fani nufuzini koʻtarish boʻyicha fikr yuritar ekan, “...Bu 
ishlardan 
asosiy 
maqsad 
mamlakatimizda 
inson 
kapitalini 
rivojlantirish, xom ashyo va uni qayta ishlash bilan uzoqqa borib 
boʻlmaydi, qolaversa, ishlab chiqarishda qoʻshimcha qiymat olish 
uchun ham innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning 
muhim yoʻnalishi, tayanchi boʻladi”, — deb taʼkidlab oʻtdi. 
Soha mutaxassislarining fikriga koʻra, ilk bolalikda 
investitsiya kiritish boshqa dasturlarga qaraganda eng samaralidir.


Chunki 
inson 
kapitalining 
rivojlanish 
jarayonining boshlanishi 3-4 yoshga toʻgʻri keladi 
va ushbu nuqtadan boshlab bola kelajakda oʻz 
taqdirini oʻzi belgilash va oʻzini namoyon qilish 
qobiliyatiga ega boʻla boshlaydi, mehnat bozorida 
oʻz qobiliyatiga murojaat qilishga oʻrganadi. Shu 
sababdan, yurtimizda maktabgacha taʼlim sohasida 
alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2018-2019-
yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 
tashkil etish uchun 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik 
toʻgʻrisidagi bitimlar imzolanib, ulardan 1 097 tasi 
boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratildi. 
Prezident tashabbusiga koʻra, yurtimizda 
2020-yilga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinganligi ham 
yurtimizda ilmiy salohiyat va taʼlim — tarbiyani 
taraqqiyotning 
poydevori 
sifatida 
qaralayotganligidan dalolat beradi. 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling