Javob: Yomg’ir. Izoh: Inglizlarda “it’s raining cats
and dogs”, serblar esa “kuchli yomg’ir sichqonlarni
ham o’ldiradi” deyishadi
624. Ben Xektning fikricha, gazeta o’qib dunyoda
nima bo’layotganini anglashga urinish, bu xuddi
Uchinchini kuzatib vaqtni bilishga o’xsharkan. Savol:
Uchinchini ayting
Javob: Sekund strelkasi
625. Aytishlaricha, Kolumb sayohatdan qaytib kelgach
qirolichaga yangi yerlar haqida ancha uzoq gapirib
beradi. Suhbat chog’ida qirolicha saroy ayonlarining
hasadini keltirgancha Kolumb uchun Uni keltirishlarini
buyuradi. Savol: Uni ayting
Javob: Stul. Izoh: Qirolicha oldida faqatgina oila
a’zolari va rohiblar o’tirishi mumkin bo’lgan.
Biroq Kolumb uchun bu istisno qilingan
626. Irlandlar nimani “Dji vitamini” deb atashadi?
Javob: “Ginness” pivosini. Izoh: “G” shunday
talaffuz qilinadi
627. Karikaturalardan birida ishlatilgan mahsulotlarni
sotuvchi magazinni qiziqib tomosha qilayotgan
dengizchi tasvirlangan. Savol: ushbu dengizchini
ayting
Javob: Kapitan Kryuk. Izoh: Unga “second hand”
juda kerak
628. Bu tashkilotdagi lavozimlar ichida klalif, klonsul
yoki klekster kabi mansablarni ham uchratish mumkin.
Savol: Bu qaysi tashkilot?
Javob: Ku-Kluks-Klan
629. Jyul Vern asarlaridan birida nimaga “Gulning
qalbi” deya ta’rif bergan?
Javob: Hid / ifor
630. Inglizcha viktorinada “Rentgen nurlarini kim
yaratgan?” degan savolga javoblar ichida jamoat
arbobi ham bor edi. Savol: U kim?
Javob: Malkolm Iks. Izoh: Rentgen nurlari “X-
Ray” deb ham yuritiladi.
631. Duglas Adamsning fikricha, U juda tez va oddiy
ekan. Undan foydalanish til kasalligiga ham olib
kelmaydi. Savol: Uni 2 ta so’z bilan ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |