Javob: Inson evolyutsiyasi/Darvin nazariyasi. Izoh:
Odam orqasidagi maymunlarga shunaqa demoqda
613. Adabiyotchilarning fikricha, Fozil Iskandar
asarlari asosan davralarda og’aynilarning qizg’in
suhbatlari, turli ko’ngilochar gurunglar va Ulardan
olingan taassurotlar asosida yaratilgan ekan. Savol:
Ularni ayting
Javob: Tostlar. Izoh: Fozil Iskandar Abxaziyalik
bo’lgan, tabiiyki Kavkaz xalqlarida davralar tostsiz
o’tmaydi
614. “DC Comics” kompaniyasi bir safar bir ispan
tashkilotini mualliflik huquqini buzganlikda ayblab
sudga beradi. Savol: Bu ispan tashkilotini ayting
Javob: “Valensiya” futbol klubi. Izoh: Kompaniya
Betmen logotipi uchun mualliflik huquqini talab
qiladi.
Bilasizki,
“Valensiya”
emblemasida
ko’rshapalak tasvirlangan, klub laqabi ham
“Ko’rshapalaklar”
615. 1986-yilda Jahon banki bergan ma’lumotlarga
ko’ra, bu mamlakatda korrupsiya deyarli yo’q ekan.
Bu esa mamlakat nomiga ham mantiqan tog’ri keladi.
Savol: Gap qaysi mamlakat haqida ketmoqda?
Javob: Burkina-Faso. Izoh: Burkina-Faso “halol
odamlar yurti” deya tarjima qilinadi
616. “Subway” tarmog’i Britaniyaning Larkxoll
shaharchasida ochilgan yangi restorani bezagi uchun
umuman yashil rangdan foydalanmaydi. Bunga sabab,
shaharda yashovchilarning ko’pchiligi bolaligidan BU
ISH ni qilishi edi. Savol: Nima?
Javob: “Glazgo Reyndjers”ga muxlislik qilishi yoki
“Seltik”ka antifanat ekanligi. Izoh: Raqib klubi
bo’lgan “Seltik” yashil-oq formada o’ynaydi
617.
“Olivetti”
kompaniyasi
Futlyar
nomli
adabiyotchilarga mo’ljallangan yozuv mashinkasi
modelini yaratdi. Endilikda, bu mashinani IKS
vazifasida ham ishlatish mumkin. Savol: IKS ni 2 so’z
bilan ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |