Javob: Yo’l belgilari. Izoh: Malavi xalqi yo’l
belgilarini
tomorqasida
belkurak
sifatida
ishlatishadi
666. Valentin Pikulya romanida, qorong’u tundagi U
dengizchiga vatanini eslatib yuboradi. Savol: Uni 2
so’z bilan ayting
Javob: Katta ayiq. Izoh: Ayiq – Rossiyani eslatgan
667. Sintaro Xayashi avariyada biror a’zosidan
ayrilgan insonlar uchun protezlar yasash bilan
shug’ullanuvchi olimdir. Lekin ko’p hollarda unga bir
turdagi odamlar maxsus buyurtma bilan murojaat qilib
turishadi. Savol: Olimning mijozlari ichida taxminan 5
foizni tashkil qiladigan bunday maxsus buyurtmachilar
kimlar?
Javob: (Sobiq) yakudzalar. Izoh: Yakudzalar
an’anasiga ko’ra, tashkilotga a’zo bo’lgan yangi
inson o’z jimjilog’ini kesadi
668. Imperator Avgust o’z hukmronligini boshlash
arafasida sfinks tasviri tushirilgan muhr chiqargan.
Keyinchalik mamlakatlarni bosib olavergach sfinks
tasvirini
Aleksandr
Makedonskiy
tasviriga
almashtirgan. Hukmronligining so’ngi yillarida uning
muhrida boshqa bir insonni ko’rish mumkin edi.
Savol: Kimni?
Javob: Imperator Avgustni
669. Doktor Kristian Bernard shunday deydi: “Dieta
qilishda ehtiyot bo’ling! Ozish uchun qo’llagan
ko’plab kurslardan keyin sizda faqatgina U ozishi
mumkin”. Savol: Uni ayting
Javob: Hamyon
670. Chelgrenning ”Orolchadagi sarguzasht” asari
qahramoni ALFA ni ayniqsa it tishlaganda juda ham
qulay deb hazil qiladi. Savol: ALFA ni ayting
Javob: Yog’och oyoq
671. Poytaxtining rasmiy nomida “Distrito Capital”
so’zlarini ko’rish mumkin bo’lgan davlatni ayting!
Javob: Kolumbiya. Izoh: Kolumbiya okrugidagi
Vashingtonda ham, Bogota nomida ham “Distrito
Do'stlaringiz bilan baham: |