Ularning kiyimi rangi bitta kadrda ekranda yaxshi
chiqmagan, shu sababli O’rgimcha-odamni yashil
fonda, Yashil Goblinni esa ko’k fonda tasvirga
olishgan
590. Kinoaktyor Pyotr Fyodorovning ta’kidlashicha,
ko’chada yursa uni hamma tanir ekan, biroq hech kim
undan avtograf so’ramas ekan. Bunga sabab sifatida
Pyotr Uni keltiradi. Savol: Uni ayting
Javob: Selfi. Izoh: Zamonaviy smartfonlar asrida
selfilar sabab avtograflarga hojat qolmadi
591. Bu telefon 1992-yilda ommaga namoyish etildi va
unda bir qancha yangiliklar mavjud edi: misol uchun, u
raqamli standartda ishlar, qayd daftariga 99 ta nomerni
saqlay olar va 900 Ma/S akkumulyatorga ega edi.
Reklama qaysi so’zlar bilan tugaganini so’ramayman.
Savol: Telefonning ommaga namoyish etilgan sanasini
ayting
Javob: 10-noyabr. Izoh: Gap afsonaviy noki 1011
haqida edi
592. Folksvagen Sirokko avtomobilining britancha
hazil reklamasida Varshava ko’chalaridagi vahima
sahnasi
ko’rsatiladi.
Keyin
esa
“Berlindan
Varshavagacha bitta X” yozuvli avtomobil tasviri
paydo bo’ladi. Savol: X ni ayting
Javob: Tank. Izoh: “Tank”ning ikkinchi ma’nosi –
“bak” hamdir
593. Mel Blank butun hayoti davomida “Warner
Brothers” kompaniyasida ishlagan va dublyaj bilan
ham shug’ullangan. Uning qabriga epitafiya sifatida
“Hammasi tamom, bolalar” jumlasi yozilgan.
Ajablanarlisi, vrachlar iste’mol qilishni tavsiya
etadigan bir mahsulotga Blankning allergiyasi bo’lgan
ekan. Savol: Mahsulotni ayting
Javob: Sabzi. Izoh: Yuqoridagi frazani quyon Bagz
Banny ijrosida ko’p eshitgansiz. Bu frazani U
multfilm tugayotganda aytadi va so’ng sabzi
tishlaydi
594. Yalta konferensiyasida Stalin navbatma-navbat
Artur Birs, Charlz Bolen va Vladimir Pavlov uchun
tost aytadi. Savol: Bu insonlar kim edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |