Javob:
Selkirk.
Izoh:
Bu
inson
Robinzon
Kruzoning prototipi bo’lgan
286. Bu nom unga 1930-yillar oxirida berilgan. Shu
bilan birga Rossiyada shu nom bilan Ikkinchini ham
atashgan. Savol: Ikkinchini qanday atashgan?
Javob: Ulug’ vatan urushi. Izoh: gap 1-jahon
urushi haqida edi. Uzoq vaqtlar uni toki 2-jahon
urushi boshlanmaguncha “buyuk urush” yoki
“Dunyo urushi” deb atab kelishgan.
287. 1930-yillar o’rtasida Kuba diktatori Fulxensio
Batista orolda joylashgan Amerika elchixonasiga
chambarchas bog’lanib qolgan edi, ya’ni u yerdan
qadami uzilmasdi. Shu
sabab mahalliy
aholi
siyosatchini ULAR ga qiyoslardi. Eng mashhur ULAR
bir necha soat farq bilan vafot etishgan. Savol: ULAR
ni ayting
Javob: Siam egizaklari. Izoh: Mashhur siam
egizaklar – Chang va Eng Barkerlardir. 1874-yilda
Chang zoltiljam tufayli 63 yoshida vafot etadi. Eng
esa garchi ungacha sog’lom bo’lsada bir necha
soatdan keyin dunyoni tark etgan.
288. 2009-yilda Yunesko Uni asrab qolish lozimligini
bildirdi. 2010-yilda Myunxenda Unga har yuzta
o’spirindan bittasi ega ekanligi aniqlangan. Savol: Uni
ayting
Javob: Bavariya tili. Izoh: Bavariyada yashovchi
kamdan kam odam ushbu dialektdan foydalanadi.
Maktabda, televediniya va radioda ham nemis tili
ishlatiladi
289. 2014-yilda Bavariyaning Noyburg shahri 1945-
yilda chiqarilgan qarorni buzadi va yana qaytadan IKS
ni tikladi. Vikipediyada yozilishicha, IKS ilk bora
1933-yilda paydo bo’lgan ekan. Savol: IKS ni ayting
Javob: Adolf Gitler ko’chasi
290. Nemislarda joylashgan Suurxuzune deb ataluvchi
IKS 1990-yillarda o’zining Italiyadagi raqibini bir
ko’rsatkich bo’yicha ortda qoldirib Ginnesning
rekordlar kitobiga kiradi. Savol: IKS ni ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |