Brauzerlar
Download 86 Kb.
|
BRAUZERLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet Explorer
- 2) 503 Service is unaviable – Xizmatni chiqarishga behuda urinish
- 4) 401 Unauthourized or 403 forbitten (401 vakolat berilmagan yoki 403 taqiqlangan)
- 5) 404 Not Found – topilmadi.
BRAUZERLAR Internetning boshqa qismi kabi WWW – butun olam to`ri ham klient-server modeli asosida ishlaydi. Tarmoqqa kirgan foydalanuvchi veb brauzer (tarmoqni ko`rish darchasi) deb ataluvchi klient dasturiy ta'minotidan foydalanadi. Eng ko`p ishlatiladigan veb brauzerlar bu Internet Explorer va Opera deb nomlanadi. Veb brauzer ma'lumot yoki boshqa resurs so`rab tarmoqdagi serverga ulanadi. Server so`ralgan ma'lumotni qidirib topadi va veb brauzerga jo`natadi. Veb brauzer qabul qilib olingan ma'lumotlarni kompyuter ekranida tasvirlaydi. Veb brauzer serverga ulanganda, HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataluvchi tilda yaratilgan sahifalarni jo`natishni so`raydi. Veb brauzer veb sahifadagi hoshiyalash tili farmoyishlaridan foydalanib, veb sahifani ekranda aks ettiradi. Veb brauzerlar dasturlash tillari, masalan, Java, ActiveX, skript (script – stsenariy) tillari yoki AJAX texnologiyasi asosida yaratilgan ilovalar, xujjatlar, animatsiyalar va shunga o`xshash ob'ektlarni aks ettira oladi. Ba'zi ma'lumotlar, masalan ovoz yoki animatsiyani veb brauzerlar tasvirlay olmaydilar. Bunday hollarda veb brauzerlar yordamchi (helper) yoki qo`shimcha (plug in, plagin deb o`qiladi) ilovalardan foydalanishga majbur bo`ladi. Buning uchun bunday ob'ektlar va ularni aks ettiradigan ilovalar veb brauzerlarning konfiguratsiyasida sanab o`tilishi kerak bo`ladi. Yillar o`tishi bilan veb brauzerlarning imkoniyatlari kengayib bormoqda. Hozirgi kunda veb brauzerlar HTML cahifalarni yaratish va ularni Internetda chop etishdan tortib, videokonferentsiyalar o`tkazishgacha bo`lgan imkoniyatlarga ega. Veb brauzerlar shaxsiy kompyuter va internet orasidagi devorni olib tashlayapti. Hozir internetni foydalanuvchi kompyuteri imkoniyatlarining davomi deb qarash mumkin. Veb brauzer yagona ilova bo`lmay, bir qator dasturiy vositalar yig`indisidir. Veb brauzerlar veb sahifalarni yuklash va aks ettirish bilan birga, internetdan kompyuterga zarar etkazishi mumkin bo`lgan troyan dasturlar, elektron pochta spami, xaking (hucking – xakerlar hujumi) va fishing (fishing – baliq ovlash yoki beruxsat ma'lumot qidirish) kabi amallardan himoya qilish imkoniyatlariga ham ega. Brauzerlardan foydalanishda dilni xira qiladigan narsa, ularning serverlarga murojaat qilganlarida paydo bo`ladigan muammolardir. Bu muammolar texnik, dasturiy yoki tashkiliy ishlardagi kamchiliklar asosida yuzaga kelishi mumkin. Brauzerlarning xato haqidagi xabarlari bu muammolarning tabiatini ochib berishi va foydalanuvchiga nima qilish kerakligini o`rgatishi mumkin. Shu sababli quyida xatolar haqidagi xabarlar bilan ham tanishib chiqamiz. 1. Veb brauzer (to`rni ko`rish darchasi) to`rning klient-server modeli asosida qurilgan dasturiy taminotining klient qismini tashkil etadi. Veb brauzerlar veb sahifalarni klient kompyuterida ko`rish uchun xizmat qiladi. Ularning turli qurilmalar: Windows, Macintosh, Unix operatsion tizimlari ostida ishlovchi kompyuterlar, uyali telefonlar va cho`ntak kompyuterlari va boshqa qurilmalar uchun mo`ljallangan variantlar mavjud. Bir turdagi qurilmalarda ham turli brauzerlar foydalaniladi. Windows operatsion tizimi ostida ishlaydigan kompyuterlar Internet Explorer (Microsoft kompaniyasi) va Opera (Nescafe kompaniyasi) brauzerlari keng tarqalgan. 2. Veb sahifalar HTML (Hyper Text Markup Language – gipermantni hoshiyalash tili) yordamida yaratiladi. Veb brauzerlar Veb sahifalarni HTML farmoyishlarini talqin qilish yordamida sizning kompyuteringiz ekranida aks ettiradi. Veb sahifalar tarkibiga matn bilan birga rasmlar, ovoz, video, hamda gipermurojaatlar kiradi. 3. HTML farmoyishlari veb brauzerda matn, tasvir, gipermurojaatlarni ham tasvirlaydi. Bu gipermurojatlar yordamida turli amallar bajariladi. Agar gipermurojaat boshqa sahifaga o`tish uchun xizmat qilsa, bu sahifa ekranga chiqariladi. Gipermurojaat faylni yuklash uchun xizmat qilsa, bu fayl sizning kompyuteringizga yuklanadi. 1) Veb brauzer o`z ishini muvaffaqiyatli bajarishi uchun turli qurilmalar, dasturiy vositalar va ma'lumotlardan foydalanadi. Ulardan birortasida muammo paydo bo`lsa, veb brauzer o`z vazifasini bajara olmaydi va paydo bo`lgan xatolik haqida sizni ogoh etadi. Bu xabarlarni to`g`ri talqin qilish paydo bo`lgan muammoni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. quyida ko`p uchraydigan xatolar haqidagi xabarlar bilan tanishib chiqamiz. 2) 503 Service is unaviable – Xizmatni chiqarishga behuda urinish. Bu xatoga juda ko`p sabablar olib kelishi mumkin. Lekin ularning bari veb brauzer veb serverga ulana olmaganligini bildiradi. 3) 403.9 Access Forbitten – Kirish taqiqlangan. Bir vaqtda foydalanuvchilar soniga ba'zi saytlarda chegara qo`yilgan bo`ladi. Foydalanuvchilar soni ko`payib ketganda, ulardan ba'zilariga kirish vaqtinchataqiqlanganligi haqida xabar yuboriladi. Bunday xabar kelganda, saytga kirishga qayta-qayta urinishga to`g`ri keladi. 4) 401 Unauthourized or 403 forbitten (401 vakolat berilmagan yoki 403 taqiqlangan). Ba'zi saytlar faqat qayd qilingan foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatadi. qayd qilinmagan foydalanuvchilar esa bu haqida ogohlantiriladi. Bunday saytlar xizmatidan foydalanish uchun foydalanuvchi unda odatda bepul bo`lgan qayd qilish jarayonidan o`tishi kerak. 5) 404 Not Found – topilmadi. Bu xabar veb sayt bilan aloqa o`rnatilganligini, lekin unda siz so`ragan sahifa yo`qligini bildiradi. 6) Server Does Not Haves a DNS Entry – Server nomi soha nomlari tizimida mavjud emas. Internetda mavjud barcha serverlar o`z nomlariga ega va bu nomlar DNS serverlarida saqlanadi. Biror serverga kirishdan oldin DNSga murojat qilib, undan server manzili olinadi. Yuqoridagi xabar, odatda, veb sayt nomi noto`g`ri yozilganda yoki bu veb sayt o`z faoliyatini to`xtatganda, paydo bo`ladi. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling