Braziliya migratsiya tizimi
Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar
Download 287.73 Kb.
|
AHOLI DAROMADLARI VA UNING TARKIBIY TUZULISHI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z-o’zini band qilishdan daromadlar
- O’zbekiston Respublikasida aholi daromadlari o’sishi tahlili.
Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar:
1.Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh; 2.Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko’rinishdagi ta’minotlari; 3.Tadbirkorlarning ajratmalari: a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga, b) boshqa maqsadlarga. O’z-o’zini band qilishdan daromadlar: 4. Erkin kasbdagi shaxslar; 5.Fermerlar; 6.Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar. Mulkdan olinadigan daromadlar: 7. Renta, sof foiz, dividendlar. Transfert daromadlari:8. Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari 9. Davlat nafaqalari va bohqa to’lovlar. Aholi umumiy daromadlarini hisoblash - Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistika standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan Davlat statistika qo‘mitasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan idoralararo metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida aholi daromadlari o’sishi tahlili. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2020- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 401,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 102,6 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlari – 11,7 mln.so’m Aholi jon boshiga umumiy daromadlarining nominal o’sish sur’ati – 113,7 % Aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o’sish sur’ati – 100,7 % 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida (o‘n ikki oy davomida), O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi, ming so’m Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Navoiy viloyati (6,0 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,0 %), Samarqand (3,7 %) va Toshkent (3,4 %) viloyatlarida kuzatildi.Shu bilan birga, Sirdaryo (2,4 %), Andijon (2,2 %), Farg‘ona (1,7 %) viloyatlarida va Toshkent shahrida (1,2 %) aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan. Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 69,3 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 25,5 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan. Download 287.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling