Braziliya migratsiya tizimi
Download 287.73 Kb.
|
AHOLI DAROMADLARI VA UNING TARKIBIY TUZULISHI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farovonlikni oshirish vazifasi .
Maqomiy vazifasi. Individning jamiyatdagi o‘rni va asosiy ehtiyojlarining qondirilish darajasi uning daromadi bilan belgilanadi. P.Samuelson yozishicha, inson haqida uning daromadiga ko‘ra hukm chiqaradilar, ya‘ni individ daromadi asosida uning bilimi, yoshi va hatto umrining davom etish muddati haqida namunaviy tasavvurni tuzish mumkin. O‘z daromadlarini jamiyatning boshqa a‘zolari daromadlari bilan taqqoslab, inson o‘zining jamiyat ijtimoiy tarkibidagi o‘rnini belgilaydiki, bu unga boshqalarga nisbatan o‘z maqomini yaxshilash uchun asos beradi. Daromadlar odamlarning ijtimoiy ahvollarini nafaqat mamlakat ichida qiyoslashda belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, balki ular turmush darajasini mamlakatlararo solishtirishda ham qo‘llanilishi mumkin.
Rag‘batlantiruvchi vazifasi. Ushbu vazifa odamlarning faoliyat jarayonida qobiliyatlarini yaxshilashni rag‘batlantirishga qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar iqtisodiy manfaat egalari (xodimlar, sarmoya, yer va aqliy mahsulot mulkdorlari), shuningdek, boshqa sohalarda band bo‘lgan insonlar uchun moddiy rag‘bat sifatida maydonga chiqadi. Odamlar ko‘nikmalarining sifat o‘zgarishlari faoliyatning istalgan turida daromadlarning ko‘payishiga olib keladi va shunga yarasha ularning turmush darajasini oshiradi. Shuning uchun daromad olish mehnatning oxirgi natijalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va insonlarni o‘z daromadlarini oshirishda asos bilan ta‘minlashi kerak. Farovonlikni oshirish vazifasi. Aholi daromadlari insonlarning eng muhim ehtiyojlarini qondirish asosi bo‘lib, bu ehtiyojlar oqibat natijada jamiyat farovonligi darajasini belgilaydi. Farovonlik iqtisodiy kategoriya sifatida aholining asosiy ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi va jamiyat a‘zolari daromadlariga bog‘liq bo‘ladi hamda ular alohida individda qanchalik yuqori bo‘lsa, uning farovonligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Daromadlar nafaqat moddiy ehtiyojlarni qondirish uchun qo‘llaniladi, balki ular inson hayotiy faoliyatining sifat xususiyatlarini yaxshilash asosidir, ya‘ni bilim darajasini oshirish uchun, sog‘liqni yaxshilash uchun, dam olish vaqti, jamiyatdagi ekologik vaziyat sifatini oshirish uchun qo‘llaniladi. Shunday ekan, daromadlar aholi farovonligini oshirish va ularning moddiy xususiyatlarining muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Aholining pul daromadlariga xodimlarning ish haqi, ish haqi, nafaqa, stipendiya, turli imtiyozlar, foizlar ko'rinishidagi mulk daromadlari, dividendlar, annuitetlar, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumlar, mahsulotlar, boshqalarga ko'rsatiladigan turli xizmatlardan olinadigan daromad va boshqalar ko’rinishidagi barcha tushumlar kiradi. Natural daromadga, avvalambor, uy xo'jaliklari tomonidan o'z iste'mollari uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar kiradi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Download 287.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling