2. Braziliyaning tabiiy resurslari va ulardan foydalanish. Mamlakat relyefida shimoliy pasttekislik qismi (Amazonka xavzasi) va janubiy balandlik qismi (Braziliya yassi tog'ligi) o'rtasida katta tafovutlar kuzatiladi.
Mamlakat xududining bepoyonligi va geologik tuzilishining xususiyatlari uning xilma xil foydali qazilmalar bilan ta'minlanishiga zamin yaratgan.
Mamlakat temir rudalari, simob, niobiy, berilliy, apatit, boksit, oltin, marganes va asbest zahiralari bo'yicha dunyoda birinchi yoki oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Shuningdek mamlakat titan, kobalt, volfram, fosforit, uran, magnezit, mis nikel, molibden, xromit olmos, toshko'mir, yonuvchi slanes va boksitning katta zahiralariga ega.
Toshko'mir konlari (zaxirasi 12 mlrd t.) asosan mamlakatning janubiy Riu-Grande-du-Sul, Santa-Katarina, Parana hamda shimolda Amazonka xavzasida joylashgan.
Braziliya temir ruda zaxirasi va uning eksporti bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Mamlakatning Para shtatidagi Karajas temir ruda koni (Amazoniyada) dunyodagi eng yirik temir ruda koni bo'lib, uning zaxirasi 18 mlrd t. deb baholanmoqda. (ruda tarkibida temir juda yuqori-65 foizni tashkil etadi.) Shuningdek temir rudasi Minas-Jerays shtatidan hamda Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh qismidan ham qazib olinadi. Boksitning yirik konlari mamlakat shimolidagi Amazoniyada topilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |