Brexit masalasining tarixi


Yevropa Ittifoqi rivojlanishining ustuvor vazifalari


Download 39.45 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi39.45 Kb.
#1757129
1   2   3   4
Bog'liq
YEVROPA ITTIFOQINING RIVOJLANISHIGA BREXITNING TA\'SIRI

Yevropa Ittifoqi rivojlanishining ustuvor vazifalari

Yevropa davlatlari yetakchilari 14 dekabrda 2019 yil o‘rtasigacha – Yevroparlamentga yangi saylovlar o‘tishi kerak bo‘lgan sanagacha 2018-2019 yillarda Yevropa Ittifoqini rivojlantirishning ustuvor vazifalari haqidagi qo‘shma deklaratsiyani imzolashdi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida ma'lum qilingan4


Deklaratsiyada rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olingan: fuqarolarning xavfsizligini yaxshiroq ta'minlash, migratsiya siyosatini javobgarlik va hamjihatlik ruhida isloh qilish va rivojlantirish, ishcizlik darajasini pasaytirish, iqtisodiyot va investitsiyalashning o‘sishi, Yevropa Ittifoqining ijtimoiy siyosati, yagona raqamli bozorni joriy qilish, energetik ittifoqni shakllantirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha uzoqni ko‘zlovchi siyosat, Yevropa Ittifoqi hududida qonuniy demokratiyani rivojlantirish. Shuningdek, Yevropa qadriyatlari saqlanib qolishi, moliyaviy firibgarliklar va kibertahdidlarga qarshi kurashish ham muhimligi ta'kidlab o‘tilgan. 
“Qo‘shma deklaratsiya bu bizning quruq va'dalar bermasligimizga va'damizdir. Bu bizning Yevropa oldida turgan muammolarning aniq yechimlarini izlash bo‘yicha yaqin 18 oyda jadal ishlashga sodiqligimiz belgisidir”, deb aytgan Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker.


Brexit masalasining tarixi


Brexit (/ˈbrɛksɪt, ˈbrɛɡzɪt/; inglizcha: British — Britaniya va inglizcha: Exit — chiqish; Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi) — Buyuk Britaniyadagi konservativ oppozitsiya va ayrim alohida guruhlar (millatchilar, yevrotanqidchilar) ning bosh maqsadi.


2016-yilgi referendum natijalariga koʻra mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini yoqlab 51,9 % saylovchilar ovoz bergan. Saylovchilarning 48,1 % esa, bunga qarshi. Buyuk Britaniyaning alohida subyektlarida ovoz berish natijalari har xil tus olgan: Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning aksar aholisi Brexitga qarshi ovoz berishgan boʻlsa, Angliya (London bundan mustasno) va Uelsdagi koʻpchilik Britaniyaning YIdan chiqishini yoqlab ovoz berganlar. Referendumning kutilmagan natijasi jahon hamjamiyatini lol qoldirdi, ayrimlar hatto shok holatiga ham tushib qolishdi, chunki koʻplab siyosatshunoslar buning aksi boʻlishini taxmin qilishgandi.
1957-yilda Buyuk Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga (YIH) asos solgan Rim shartnomasini imzolamagan. 1963 va 1967-yillardagi Britaniyaning hamjamiyatga qoʻshilish taklifi Fransiyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Charles de Gaulle tomonidan veto huquqi asosida rad etilgan. De Gaulle bu ishini "Britaniya iqtisodiyotidagi bir qator jabhalar, xususan, qishloq xoʻjaligida ishlash praktikasi Britaniyani Yevropa bilan nomutanosib deb topishga asosdir" deb izohlagan.
De Gaulle Fransiya prezidentligi lavozimidan ketganidan soʻng, Buyuk Britaniya hamjamiyatga qoʻshilish uchun uchinchi marotaba taklif kiritdi va 1973-yilning 1-yanvarida YIHga qabul qilindi. Bu qoʻshilish konservativ Edward Heath davrida yuz berdi. 1974-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda Britaniyaning YIHda qolish masalasida referendum oʻtkazishni vaʼda qilgan Harold Wilson boshchiligidagi oppozitsion Leyboristik partiya yutib chiqdi.
1975-yil Buyuk Britaniyaning YIHda qolish yoki qolmaslik masalasida referendum oʻtkazildi. Barcha asosiy siyosiy partiyalar va OAV Britaniyaning YIHda qolishini yoqlab chiqdilar. Bundan tashqari Leyboristik partiyaning oʻzida bu masala yuzasidan fikrlar ikkiga boʻlindi. 1975-yil 26-aprel kuni bir kunlik partiya konferensiyasida ovozlar Brexit foydasiga 2:1 ko'rinish oldi. Vazirlar mahkamasi oʻta Yevropachilar va oʻta aksilYevropachilarga boʻlinib ketganligi yuzasidan, Harold Wilson mahkamaning jamoaviy masʼuliyati haqidagi konstitutsion udumni toʻxtatib qoʻyib, vazirlarga har ikki tomondan ommaviy kampaniyalar chaqirishni taklif qildi. Yigirma uch kishidan yettitasi YIHga aʼzolikdan chiqish taklifini quvvatladilar5.
1975-yil 5-iyunda boʻlib oʻtgan referendumda saylovchilar oldiga: "Nima deb oʻylaysiz, Buyuk Britaniya Yevropa hamjamiyatida (umumiy bozorda) qolishi kerakmi?" degan savol tashlandi. Shetland orollari va Tashqi Hebrid orollaridan boshqa barcha okruglarda asosan "ha" deya javob qaytarishdi. Ovozlar soniga koʻra Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatida qoldi.

"Ha" ovozlar

"Ha" foizda

"Yoʻq" ovozlar

"Yoʻq" foizda

Ovoz berganlar foizi

17 378 581

67,2

8 470 073

32,8

64,5

1993-yil 1-noyabrda Maastrixt shartnomasiga koʻra Yevropa iqtisodiy hamjamiyati Yevropa Ittifoqi deb yuritila boshlandi. Oʻz nomiga mos oʻlaroq sof iqtisodiy ittifoq sof siyosiy ittifoqqa aylandi.


1990-yillar boshlarida yevrotanqidchilarning siyosiy partiyasi — Birlashgan Qirollik ozodlik partiyasi (UKIP) tuzildi. Bu partiya 2004 yilgi Yevroparlament saylovlarida 3-oʻrinni, 2009-yilda 2-oʻrinni, 2014-yilda esa 1-oʻrinni egalladi (umumiy ovozlarning 27,5 foizi)6


Brexitning Fond birjalariga taʼsiri


Brexit yani, Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligining Evropa Ittifoqidan kutilmaganda chiqib ketishi masalasi. Kamina 2016-yil May oyi ohirlarida Londonga ilmiy safar bilan borganimda liberal London shaxridagi o’sha yerlik do’stlarim Brexitning xom hayol ekanligini baralla aytishar, ammo boshqa tomondan akademiklar orasida allaqachon havfsirash boshlangan edi. Natijada aholining 51% Evropa Ittifoqidan chiqishga ovoz berdi va hozirda Tereza Mei hukumati Angliya Parlamentini Evropa Ittifoqi bilan kelishilgan Brexit bitimini ratifikatsiya qilishga chorlasada, shu paytgacha bo’lgan ikki marta urinishi chippakka chiqdi. Endi esa Buyuk Britaniyani keyingi Mart oyi ohirida Evropa Ittifoqidan hech qanday shartnomalarsiz ajrab chiqishi kabi xavfli noaniqlik kutib turibdi.


Brexit natijasi nima bo’lishini mutahassislarga qoldirsakda, Brexit natijalarining O’rta Osiyo mintaqasiga ta’siriga nigoh tashlasak. Agar Britaniya Evropa Ittifoqidan chiqib ketsa, shunday bo’ladigan ham korinadi, shu paytgacha Evropa Ittifoqi va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar Buyuk Britaniyaga tadbiq etilmay qoladi. Bu masala hozirda yurtimiz va Yevropa Ittifoqi o’rtasida muzokalari davom etayotgan xalqaro iqtisodiy sherikchilikka oid bitim loyihasiga ham birdek taalluqli. Albatta 2020 yilgacha o’tish vaqti bo’lsada, Buyuk Britaniya kabi muhim va katta bozor bilan aloqalarimizni qaytadan ko’rib chiqishimiz lozim7. Unda o’zaro tovarlar va hizmatlar savdosi bo’yicha bojlarni kamaytirish asosiy ahamiyat kasb etadi deb hisoblayman. Albatta Britaniya bilan iqtisodiyotimiz ko’p bog’lanmagan va u erda juda ko’p sondagi O’zbekistonlik migrant ishchilarni ham topish qiyin. Asosan, o’qimishli va yaxshi britaniyalik shirkatlarda ishlayotgan vatandoshlarimizni kuzatamiz.
Shunday bo’lsada, Yevrobondlarni chiqargan joyimiz London bo’lib, bizning turli sohalarimizga ham salmoqli investitsiya halqaro London moliyaviy markazi orqali kirib keladi. Shunday ekan, bundan keyin Birlashgan Qirollik bilan bo’ladigan halqaro iqtisodiy munosabatlarimizni qanay shaklda olib borishni qayta ko’zdan kechirish vaqti yaqinlashmoqda.
Brexit natijasida jahon fond birjalaridagi koʻplab indekslarning keskin pasayib ketishi kuzatildi, xususan, NIKKEI (Yaponiya) aksiyalari 1.286 punktgacha pasayib ketdi, shundan soʻng, indekslar tushishi davom etishining oldini olish maqsadida birja savdolari yopildi.
23-iyun 2016-yil sanasidagi referendum natijalari eʼlon qilinishi bilanoq Britaniya funt-sterlingining AQSH dollariga nisbatan narxi pasayib ketdi
David Cameron, agar Birlashgan Qirollik YIdan chiqib, oʻz yoʻlidan yuradigan boʻlsa, unda mamlakatga yangi hukumat rahbari kerakligini, oʻzi esa isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.
"Ularning qarorini hurmat qilish kerak. Mening mamlakatim tomonida turib ovoz berganlarning barchasiga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman"8.
Devid Kemeron Britaniya bosh vaziri lavozimidan voz kechgach, bu lavozimni Theresa May qabul qildi va u 2017-yilning 16-aprelida Britaniya xalqini Pasxa bayrami bilan tabriklarkan, Yevroittifoqdan chiqish Birlashgan Qirollik aholisini gʻoyaviy jihatdan va yangi imkoniyatlar atrofida birlashtirishi haqida gapirgan. Mey xonimning fikricha, Brexit xalqni birlashtiribgina qolmay, u Britaniyaliklarning umummanfaatlarini ham ifoda etadi.
Quvonarlisi shundaki, GSP+ tizimiga kirishimiz uchun EI tomonidan talab etiladigan 27 ta halqaro bitimlarning 26 tasiga O’zbekiston a’zo bo’lib ulgurdi. Eng ohirgi qolgan bitim bu – Kartahena Protokoli bo’lib, o’ylaymizki, hukumatimiz bu borada ham etarlicha ishlarni olib bormoqda. Bitimlarga a’zolik tugagandan keyin, EIning GSP+ tizimiga rasman a’zolik jarayoni boshlanishi lozim. Agar hammasi o’z ornida ketadigan bo’lsa, O’zbekistonning mahsulotlari 2020 yil ohirlarida narx jihatidan yana ham raqobatbardosh holatini ushlagan holda Evropa Ittifoqi davlatlari do’konlari rastasida yana ham ko’payishi mumkin.
Ha, shu o’rinda Brexit ning ushbu jarayonga ta’siri haqida to’xtalib otsak. Birlashgan Qirollik haqiqatan ham katta bozor va agar Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqib ketishi aniq bo’lsa, unda bizning tovarlarimiz uchun GSP (yoinki keyinchalik GSP+) rejimini Buyuk Britaniya hukumati tadbiq etishda davom etadimi degan amaliy jihatdan muhim savol tug’iladi? Evropa Ittifoqning GSP+ masalasiga mas’ul hodimlaridan shu masalani so’raganimizda, ularning ham Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoq siyostiga o’xshash siyosat yuritishini va katta o’zgarishni kutishmayotganligini eshitdik.
Shunday ekan, hozirgi paytdagi xomaki hulosa shundan iboratki, agar O’zbekiston 27-bitimni ham ratifikatsiya qilib ijrosini taminlab, Evropa Ittifoqining GSP+ tizimiga muvaffaqiyatli ravishda qo’shila olsa, unda Brexit yuz beradigan taqdirda ham Buyuk Britaniya hukumatidan GSP+ ga oxshash rejimni kutishimiz mumkin9.



Download 39.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling