Brexit masalasining tarixi


Brexitning Yevropa Ittifoqi rivojiga ta’siri


Download 39.45 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi39.45 Kb.
#1757129
1   2   3   4
Bog'liq
YEVROPA ITTIFOQINING RIVOJLANISHIGA BREXITNING TA\'SIRI

Brexitning Yevropa Ittifoqi rivojiga ta’siri

23-iyun kuni referendum natijalari eʼlon qilingach, Britaniya fuqarolari orasida Yevroittifoqdan yashash uchun fuqarolik soʻrash holatlari avjga chiqdi. Yoz oylarida YIning Londondagi 16 ta diplomatik korpus vakillari aholi oʻrtasida ittifoqning boshqa mamlakati pasportini olishga talab kuchayib ketganligini qayd etishdi. Talabning oshishiga sabab esa, britaniyaliklarning referendumdan avvalgi kabi YI mamlakatlari boʻylab erkin sayohat qilishni istashlari.


Referendumdan soʻng bir oy ichida Britaniyadagi turistlar soni 18 % ga oshdi. Turizm bozorining 500 vakili oʻrtasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, funt sterling qiymatining pasayib ketishi britaniyaliklar orasida ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga olib kelgan.
Britaniyalik xaridorlar Brexitdan keyingi shok holatidan tez chiqib olishdi: 2016-yil iyul oyida chakana savdo koʻrsatkichi taxmin qilinganidan ham koʻproq oshdi. Iliq havo kiyim-kechak savdosi oshishiga xizmat qildi, funtning tushib ketishi esa, qimmat soatlar va zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun kelgan xorijliklarning soni oshishini taʼminladi. Chakana savdolar hajmi avvalgiga nisbatan 1,4 %ga oshdi (aslida 0,2 % taxmin qilingandi). Soatlar va zargarlik buyumlari savdosi 16,6 %ga oshdi, bu oxrigi ikki yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkich.
Birlashgan Qirollik Fiksal tadqiqotlar institutining hisob-kitoblariga koʻra, Britaniya YIdan chiqsa, har bir britaniyalik oila yiliga £1,250 (€1474 atrofida) yoʻqotadi.
Aholi daromadlarining pasayishi yiliga 3,7 % ni etishi taxmin qilinmoqda. Institut xodimining gaplariga qaraganda: "Oʻzgarishlar mamlakatning butun aholisi hayotiga taʼsir qiladi, ish joylarining qisqarishi sabab yoʻqotishlarni asosan ishchi sinf vakillari his qiladilar, nafaqaxoʻrlar esa bunday tashvishlardan holi".
Brexit Britaniya moliyaviy sektoriga ham uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin. Buning negizi oʻlaroq isteʼdodli kishilarning mamlakatdan chiqib ketishi mumkinligi aytilmoqda
2020-yil 24-yanvarda Yevropa Ittifoqi rahbariyati va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnson Brexit boʻyicha kelishuvni imzoladilar.
2020-yil 29-yanvarda Yevroparlament Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi boʻyicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Brexit boʻyicha kelishuvni 631 nafar deputat qoʻllab-quvvatlagan, 49 nafari qarshilik bildirgan, 13 kishi betaraf qolgan. Ovoz berishdan oldin debatlar tashkil qilindi, debatga kelgan deputatlarning bir qismi Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi ramzlari tushirilgan va “Always United” (“Abadiy birga”) deb yozilgan sharflarda kelishgan10.
2020-yil 30-yanvar kuni Yevropa Kengashi Brexit boʻyicha kelishuvni ma’qulladi.
31-yanvar kuni Qirollik zarbxonasi Brexitga atab 1,5 ming dona 50 pens qiymatidagi oltin tangalarni sotuvga chiqardi. Har bir tanganing narxi 945 funt sterlingni tashkil etadi. Bundan tashqari yana cheklangan miqdorda 50 penslik tangalardan iborat toʻplamlar ham sotuvga qoʻyilgan. Toʻplamdagi tangalardan biri 1973-yil Buyuk Britaniyaning Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kirishi sharafiga zarb etilgan boʻlsa, ikkinchisi 2020-yilgi Brezitga atalgandir. Bunday toʻplamlardan 5 ming donasi 30 funt sterlingdan sotuvga qoʻyilgan.
2020-yil 31-yanvar Grinvich vaqti bilan soat 23:00 da (Toshkent vaqti bilan 1-fevral tonggi soat 04:00 da) 47 yillik a’zolikdan soʻng Buyuk Britaniya rasman Yevropa Ittifoqini tark etdi. Shu kuni yuzlab Brexit tarafdorlari Londondagi Vestminster saroyi qarshisida Britaniyaning YIdan chiqishini nishonlash uchun toʻplandilar, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlarni kuyladilar. Brexitni qoʻllab-quvvatlovchi siyosatchilar soʻzga chiqdilar. YIdan chiqishga qarshi boʻlganlar esa London koʻchalarida marsh uyushtirdilar, Shotlandiyada ham Brexitga qarshi mitinglar boʻlib oʻtgan. YIning Bryusseldagi qarorgohi qarshisidan Buyuk Britaniya bayrogʻi Yevropa Ittifoqi bayrogʻi oʻrnatildi, Britaniyadagi rasmiy binolardan ham Yevropa Ittifoqi bayroqlari olib qoʻyildi11.
Yevropa Ittifoqi(EI) biz uchun bir necha sabablar tufayli muhim hamkor hisoblanadi. Bular, Yevropa Ittifoqining halqaro maydondagi o’ta kuchli siyosiy aktyor bo’lishi bilan bir qatorda, uning juda katta iqtisodiy bozor ekanligi va inson huquqlari boyicha dunyodagi eng oldingi orinlarda turishi va uni faol ravishda boshqa davlatlarda ham tadbiq etilishiga undashlari yotadi.
Yevropa Ittifoqi Sovetlar tuzumi tarqaganidan keyin 1991 yildan 2007 yilgacha Markaziy Osiyo davlatlariga Mustaqil davlatlar hamdo’stligi uchun texnik yordam (TACIS) dasturi ostida katta yordam ko’rsatdi. Ushbu dastur davlat korxonalarining qayta tuzish va rivojlantirish, ma’muriy islohotlar, ijtimoiy hizmatlar, ta’lim, va yadroviy havfsizlik kabi sohalarni qamrab olgan. Undan keyin esa TACIS tugatilib, ushbu dastur Yevropa Qoshnichilik Siyosati (European Neighbourhood Policy) ichiga kirib ketdi.
Aynan 2007 yilda EIning Markaziy Osiyo davlatlari uchun ilk strategiyasi e’lon qilingan. Shu yillar davomida EI bizning mamlakatimizda huquq sohasi, sog’liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq hojaligi kabi turli sohalarda yordam ko’rsatdi. EIning 2014-2020 yillar orasidagi Markaziy Osiyo davlatlaridagi rivojlanish loyihalari uchun sarflaydigan mablag esa 1 milliard evrodan oshib ketadi. 2019 ga kelib esa EI o’zining yangi, ‘Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo: yanada kuchliroq sherikchilik uchun yangi imkoniyatlar’ (The EU and Central Asia: New Opportunities for a Stronger Partnership) nomi ostidagi Markaziy Osiyo strategiyasini e’lon qildi. Iyul oyi boshida esa EI uni Bishkekda Markaziy Osiyo tashqi ishlari vazirlariga tanishtirishilishi kutilmoqda. Evropa Ittifoqining keying 2-3 yil ichida Markaziy Osiyo hududlarida faoliyatining tezlashishi orqasida esa eng katta faktorlardan biri- XXR tomonidan ortaga tashlangan BMBY tashabbusining juda katta tezlikda oldinga ilgarilashi bo’lsa, boshqa tomondan esa shu paytgacha tashqi olamga yopiq holda bo’lgan O’zbekistonning yana ham faol, tashqariga ochiq va yon qo’shnilar bilan suv va chegara masalalari yuzasidan konstruktiv muloqotga kirishi yotadi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.
Hosh shunday ekan, EU ning yangi strategiyasi oldingisidan nimasi bilan ajralib turadi?
Avvalambor, EI strategiyasini yaxshi tushunish lozim: u halqaro bitim emas; huquqiy hujjat ham emas; Strategiya EIning Markaziy Osiyo bo’yicha kelajakda ko’zlagan maqsadlarini ifodalovchi siyosiy hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham huquqiy kuchi mavjud emas. Boshqacha soz bilan aytganda, EI strategiyasi hech qaysi tomon uchun huquqiy majburiyatni vujudga keltirmaydi. U EIning mintaqada erishmoqchi bo’lgan maqsadlarini bildirgan bayonnoma xolos12.
Ikkinchidan, EI tomonidan e’lon qilingan qo’shma bayonotda Markaziy Osiyo boyicha strategiya quyidagi 3 sohani o’zining ustuvor yo’nalishlari sifatida qayd etilgan:
• Markaziy Osiyo davlatlarining ichki va tashqi sarosimalarni bartaraf etish qobiliyatini mustahkamlash va islohotlar uchun davlatlar qobiliyatlarini kuchaytirish yo’lidagi ‘bardoshlilikni oshirish yolidagi hamkorlik’;
• Iqtisodiy modernizatsiyani qo’llab-quvvatlash, Butunjahon Savdo tashkilotiga a’zo bo’lish, barqaror aloqa o’rnatish va yoshlarga sarmoya kiritish yo’li bilan ‘farovonlik uchun hamkorlik qilish’.
• Markaziy Osiyodagi mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni kuchaytirish va fuqarolik jamiyatining ishtirokining kuchayishi yo’lidagi ‘birgalikda yana ham yaxshi ishlash’ yo’nalishi.
Uchinchidan, EIning Qozog’iston bilan imzolangan Kengaytirilgan Sherikchilik va Hamkorlik kelishuviga o’xshash bitimni endi O’zbekiston va Qirg’iziston bilan ham tuzmoqchi. Ma’lumot uchun aytish kerakki, ushbu bitim Ozbekiston bilan allaqachon 1999 yilda tuzilgan bo’lsada, u allaqachon eskirgan bo’lib, keyingi 20 yildagi o’zgarishlarni e’tiborga olgan holda yangilashga ehtiyoj mavjud. Hozirda tomonlar muzokaralarning 2-doirasini yakunlab, yaqin kunlarda Bryusselda 3-doiraga tayyorgarlik ko’rishmoqda. Diplomatik doiralar ichida esa ushbu bitim bo’yicha muzokaralarning 2019 yil ohirigacha muvaffaqiyatli tugallanishi haqida fikrlar mavjud.
Eng ohirgi nuqta esa EIning XXR tomonidan o’rtaga tashlangan Bir Makon Bir Yo’l Tashabbusiga nisbatan barqaror, keng qamrovli va oldindan o’rnatilgan qoidalarga asoslanib, investitsiyalar va savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvni ilgari surayotganligidir. Bu o’rinda, Evropa Ittifoqida Markaziy Osiyo davlatlarining XXR tomonidan taklif etilayotgan jozibador infrastrukura loyihalarning ko’r-ko’rona qabul qilinishi natijasida mintaqa mamlakatlarining multi-milliard dollarlik qarz botqog’iga botishi va XXRning siyosiy ta’siri ortib ketishi bo’yicha ma’lum darajadagi o’rinli havotirlari yotmoqda. EI uning o’rniga, ijtimoiy va atrof muhitni muhofaza qilishning yuqori andozalariga asoslangan va EIining ichki bozoridagi muvaffaqiyatidan ilhomlanib, fuqarolarga shaxsiy hayot huquqlarini kafolatlash orqali hayotning yuqori darajasiga erishish imkonini beruvchi yo’lni taklif etmoqda. Bu yo’lda esa, ‘barqaror bog’lanish’ (sustainable connectivity) konsepsiyasini ilgari surmoqda. Osonroq til bilan aytganda, XXRdan keladigan har bir katta loyihani shaffof tarzda, etarlicha soha mutaxassislari bilan muhokama qilish asosida qabul qilish lozimligiga e’tibor qaratmoqda.
Shu bilan birga, O’zbekiston sifatida EUning yangi strategiyasi boyicha nimalarga e’tibor berishimiz kerak?
Birinchidan, eksportga yo’naladigan qishloq hojaligi sohasining rivojlanishi. EIning yangi strategiyasida markaziy o’rin oladigan soha bu – O’zbekistondagi qishloq ho’jaligi sohasining rivojlanishi bo’lishi kutilmoqda. O’zbekistonning qishloq hojaligi sohasidagi katta imkoniyatlarini hisobga olgan Ittifoqning ushbu sohaga katta miqdordagi mablag’lar sarflamoqchiligi ko’inib turibdi. Ittifoqning bunday siyosati biz uchun muhim natijalarni yuzaga keltirishi mumkin. Chunki, EI strategiyasi O’zbekistoning GSP+ imkoniyatlaridan foydalanishini ko’zda tutadi13.
Hozirda, Markaziy Osiyoda GSP+dan faqat Qirg’iziston foydalanadi xolos. GSP+ esa o’z navbatida 6000 dan ortiq turli hildagi mahsulotlarga nisbatan barcha turdagi bojlarni bekor qilishni nazarda tutib, Markaziy Osiyo davlatlari mahsulotlarining EU bozoriga hech qanday bojlarsiz kirib kelishiga imkon beradi. Ozbekiston esa hozirda GSP ning o’zidangina foydalanib, GSP+dan foydalana olmaydi. Natijada hali ham yuqori bojlar to’lagan holda Evropa davlatlariga eksport qilishda davom etmoqdamiz.

Xulosa


Albatta, Evropa Ittifoqi bilan bo’ladigan muloqotda Markaziy Osiyo davlatlari ko’proq tashabbus qabul qiluvchi taraf bo’lib, hali faol ravishda o’zlari tashabbusni o’rtaga tashlash darajasida emas.
Shunday bo’lsada, Evropa Ittifoqining ham yurtimizdan oladigan va ular uchun manfaatli bo’ladigan tajribalari borligi shubhasiz. Bryusselda bo’lib, Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha mas’ul rahbarlari bilan bo’lgan suhbatda shunga amin bo’ldikki, keyingi paytda yurtimizdagi diniy qadriyatlarga bo’lgan bag’rikenglik va ekstremistik oqimlarga nisbatan ilmiy yondashuv natijasida qo’lga kiritilayotgan muvaffaqiyat Ittifoq rahbarlarining e’tiboridan chetda qolmagan. Va ular O’zbekistonning aynan shu nuqtada andoza (role model) qilib olish mumkin bo’lgan davlat sifatida qarab, bundan keyin ham tajribamizni yaqindan kuzatib borishlarini aytib o’tishgani biz O’zbekistonliklar uchun ko’p narsani bildiradi.
Kichik hulosa ornida aytsam, Evropa Ittifoqi kabi ideal ko’ringan davlatlar ittifoqidan Ikkinchi Jahon Urushi g’olibi hisoblangan Buyuk Britaniya chiqib ketmoqda. Buyuk Britaniya chiqib ketganidan keyin aloqalarni yana normallashtirish uchun Ittifoq va Qirollik o’rtasidagi yangicha halqaro huquqiy aloqalarning tashkil etilib, joy-joyiga tushguncha bir qancha muddat ketishi aniq. Ushbu muddat davomida EvroIttifoq liderlari sifatida Fransiya va Germaniya hatti-harakatlarini yaqindan kuzatishda davom etishda katta foydalar bor deb o’ylayman.


Download 39.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling