Bronza davri arxeologiyasi


Download 153.5 Kb.
bet4/8
Sana21.02.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1217571
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bronza davri arxeologiyasi referat

Sarazm yodgorligi
1961 yili A. Asqarov Zamonbobo qabristonidan uncha uzoq Bo`lmagan joydan, Zarafshonning qadimgi o`zani Gurdush-Gujayli sohilidan shu madaniyatga tegishli qishloq topdi. U erda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida zamonboboliklarning xo`jaligi va turmushiga doir yangi materiallar to`plandi. U yerdan yerto`la tipidagi kulba xarobasi, bir nechta engil chayla o`rni, ikki yarusli xumdon xarobasi va ko`tarma devor qoldiqlari topib o`rganildi. Erto`la maydoni 200 kv.mga yaqin Sarazm yodgorligida olib borilgan qazish ishlari natijasida ushbu madaniyat taraqqiyotining to`rtta bosqichi aniqlangan. Ulardan dastlabki ikki bosqichi eneolit davriga, qolgan ikki bosqichi esa bronza davriga oiddir.
Yodgorlikning umumiy maydoni 90 ga. dan iborat. Sarazm bosqichining quyi qatlamidan aholi uy-joy massivlari bilan birgalikda toshdan aylana shaklda terilgan 10 metr diametrdagi o`ziga xos dafn etish inshooti ochilgan. Undan bukilgan holda qo`yilgan murda suyaklari joylashgan qabr ochilgan bo`lib, bo`yoq izlari mavjud. Bu holat O`rta Osiyoning janubiy hududlaridagi eneolit davri dehqonchilik madaniyatlari uchun xos emas. Toshlardan aylana shaklda qurilgan bunday inshootlar Janubiy Sibir, Mo`g`iliston, Sharqiy Turkiston va Qozog`iston hududlarida tarqalib, sinxiron rivojlangan Afanasev madaniyati sohiblari uchun xos bo`lib, keyingi paytlarda ushbu madaniyatga xos bosh chanoqlar O`rta Osiyo hududlaridan ham topilgan. Demak, qadimgi so`g`dliklar madaniyati taraqqiyotining ilk bosqichlarida shimoldagi ko`chmanchilar hamda janubdagi dehqonchilik madaniyatlari doimiy to`qnashgan joy bo`lgan.
Sarazmning ikkinchi bosqichiga kelib me'morichilik, kulolchilik va metallarga ishlov berishning yuksalishi kuzatiladi. Bu bosqichda uy-joy, xo`jalik va ibodat qiladigan xonalardan tashkil topgan ko`p xonali imoratlar majmuasi paydo bo`lib, ular alohida hovlilardan tashkil topgan va kichik Ko`chalar bilan ajratilgan. Ularning ayrimlarida aylana shakldagi o`choqlar joylashgan toptanish xonalari ajralib turadi. Kata patriarxal oila a'zolari ibodat qilishlari uchun mo`ljallangan bunday xonalardan devoriy suratlarning izlari aniqlangan. Uy-joy imoratlari paxsa va shuningdek, to`g`ri to`rt burchak g`ishtlardan barpo qilingan. Bu davrga oid rangdor sopol buyumlar aniqlangan bo`lib, ular Janubiy To`rkmanistondagi Geoksyur sopollariga o`xshash.
Sarazmning uchinchi bosqichida me'morchilik xususiyatlari, qurilish usullari va texnikasiga ko`ra o`zidan oldingi davr an'analarini davom ettirish bilan birgalikda o`ziga xos yangi imorat majmuasi bilan boyiydi. Bu davrda xom g`ishtdan barpo qilingan tomonlari 15x15 metrdan iborat o`n ikki xonali imorat majmuasi paydo bo`ladi.Bu majmua xonalaridan tashkil xom g`ishtdan qurilgan manulintal qurilgan manulintal qurilish ko`rinishdagi ibodatxonaga kompleksi barpo etildi. Manzilgoh o`zining yuksak tariqqiyotiga so`nggi bosqichiga chiqadi. yirik hajmdagi ko`pxonali uy-joy massivlari Sarazimliklarning dala va bog`lari o`rtasida joylashgan bo`lib, ma'lum joyda to`plangan anglomerasiya ko`rinishiga ega Sarazimliklar ekinlari sug`orishda Zarafshon daryosining irmoqlaridan biridan foydalanishga Sarazim xorabalaridan topib o`rganilgan sopol buyumlari Geoksyurniki singari boy geometirik naqshlari bilan bezatilgan, shuningdek odamlar va hayvonlar tasviri ham mavjud. Bu davr uchun xos bo`lgan tosh qurollar ham mavjud ular giri, kolonetki, navershiya bo`lob. Me'moryailik komplekslarida aylana yoki kvadrat shakldagi otashkalar joylashgan topinish xonalari ajralib turadi.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling