Bronza davri arxeologiyasi


Download 153.5 Kb.
bet6/8
Sana21.02.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1217571
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bronza davri arxeologiyasi referat

Sopollitepa yodgorligi.
Muzrabot tumanida shimoliy sharqiy E 37°27'/N 066°50' gradus burchagi ostida, dengiz sathidan 332 m balandlikdagi, Ulanbuloqsoy o`zanida joylashgan. Yodgorlik 1968 yili birinchi marta L.I.Albaum tomonidan topib o`rganilgan, lekin L.I.Albaum bu yodgorlikni antik davr yodgorligi deb izohlaydi. Keyinchalik bu yodgorlikni o`zbek arxeolog olimi, akademik Axmadali Asqarov tomonidan to`liq o`rganilgan. Natijada Sopolli madaniyatiga asos solindi. U 1969-1971 yillarda O`zR FAning Arxeologiya institutining direktori va otryad boshlig`i sifatida Sopollitepa yodgorligida qazishma ishlarini olib bordi. Bu qazishma ishlari natijasida, Sopollitepa yodgorligi aholi turar joyi markaziy qismining g`arbiy, shimoliy sharqiy va janubiy-sharqiy hududlari ochildi. Shu bilan birga, yodgorlikning bir nechta nuqtasida stratigrafik qazishma ishlari ham olib borildi. Bu qazishma ishlarida O`z. Res. FAning Arxeologiya instituti ilmiy xodimlari X.I. Duke, T. M. Mirsaatov, T. Xodjaev, K. Alimov, T. Shirinov, U. Rasulov, B. Abdullaev, rassom A. Islomov, R. S. Papov, A. N. Lovchikov va boshqalar qatnashgan.
Sopolli madaniyatining eng qadimgi yodgorligi Sopollitepa bo`lib, u qal'a va unga tutash qishloq qismlardan iborat. Qal'a qismi to`liq qazib o`rganilgan bo`lib, tarqlari 82x82 metrga teng, ichki yo`lakli, uch qator mudofaa devorlari bilan o`rab olingan. Sopollitepaning umumiy tuzilishiga qarab, bronza davrida me'morchilik san'atining naqadar rivojlanganligining guvohi bo`lamiz. Qal'ada aholi jamoa - jamoa bo`lib yashagan, qal'ada shunday jamoalardan sakkiz mahalla joylashganligi aniqlangan. Bu jamoa mahallalari bir - biri bilan yo`lakchalar orqali ajratilgan, qal'aning markaziy qismi hovli sifatida ochiq qoldirilgan.
Demak bu yodgorlik sakkizta katta patriarxal oiladan iborat bo`lgan qishloq jamoasidir. Sopollitepada istiqomat qilgan aholi o`rtasida o`ziga xos urf - odatlar va marosimlar shakllangan.
Sopollitepa yodgorligidan topilgan 158 ta qabr va ulardan topilgan ashyolar sonining statistik tahlillari ham Sopollitepa aholisining teng huquqli bo`lganligidan dalolat beradi. Vafot etganlar alohida qabristonda emas, balki uylarining devorlari yoki pollari taglariga kўmilgan. qabrlar oddiy o`ra yoki lahad shaklida bo`lib, ayollar o`ng, erkaklar esa chap yon tomonlariga yotqizilib dafn etilgan. Jasad bilan birga har xil sopol idishlar, shuningdek, bronza va boshqa qimmatbaho buyumlar ham qo`shib ko`milgan.
Sopollitepa aholisi hunarmandchilikning deyarli barcha turlarini (kulolchilik nafis san'at - taqinchoqlar, bronzadan yasalgan ashyolar), uy-joy qurilishi, qarbiy ishlar, dehqonchilikni rivojlantirganlar. Buning uchun bor ichki imkoniyatlarning barchasidan foydalanganlar.
Sopolli davrida dehqonchilikdan ikkinchi mehnat taqsimoti -hunarmandchilikning ajralib chiqishi yuz bergan. hunarmandchilikning to`qimachilik sohasida yigiruv va to`quv dastgohining, kulolchilikda charxning va murakkab xumdonning, metall eritish va quyish texnologiyasining kashf etilishi, uy hayvonlaridan transport vositasi sifatida foydalanishga o`tilishi, qurilishda reja asosida uy-joy va monumental binolar qurishga o`tilishi boy moddiy manbalar asosida ko`rsatib berildi. Sopolli davrida hunarmandlar dehqonlar bilan birgalikda hayot kechirishgan.
A.A. Asqarov tomonidan Sopolli madaniyati yodgorliklari madaniy qatlamlaridan olingan organik qoldiqlar radiokarbon (S/14) analizi qilingan. Sopollitepadan olingan analiz mil.av. 1690 yilni, Jarqo`tondan olingan analiz esa mil.av. 1560 yilni ko`rsatgan. Shundan so`ng S/14 usuli ancha takomillashib, aniqlangan yoshni kalibrlashtirish ham boshlandi. F. Koll Sopollitepaning yoshini kalibrlashtirish bo`yicha mil.av. 2190-1880 yillar deb belgilagan bo`lsa, F. Xibert mil.av. 2277-1745 yillar oralig`ida deb hisoblaydi.
Akademik A.Asqarovning fikricha, jamoani yanada rivojlantirishning uchta yo`li bo`lgan:
1) jamoa hududini yangi yerlarni o`zlashtirish hisobiga kengaytirish;
2) savdoni rivojlantirish;
3) qo`shni xalqlarni bosib olish, talash.
Sopollitepa aholisi birinchi yo`lni tanlangan, A.A.Asqarov Sopollitepaning inqirozi masalasini yangi joyga, aholisining Jarqo`ton hududiga ko`chishi bilan bog`laydi. Sopollitepaning mudofaa tizimi, fortifikasiyasi tugal ishlangan va qaytarilmas san'at asari darajasida ishlangan. Xuddi shu tizimgi, ya'ni lobirint tizimidagi fortifikasiya Baqtriyaning yana bir yodgorligi, Janubiy Afg`oniston hududidagi Dashtli yodgorligiga ham tegishli va qadimgi Sharq dunyosida, boshqa yodgorliklarda bu singari fortifikasiya usuli uchragani yo`q. Agar Sopolli madaniyatining tayyor holda Baqtriya hududida paydo bo`lganligini hisobga olsak, me'morchilik tarixini o`rganish Sopolli madaniyatining qadimgi Sharqning qaysi hududlaridan ko`chib kelganligini aniqlashga imkon beradi.
Qabrlar konstruksiyasi, ulardan topilgan topilmalar statistikasi ijtimoiy tarixni oydinlashtirish uchun manbalar hisoblanadi. Sopollitepada boy qabrlar asosan ayol kishilarning qabrlariga to`g`ri keladi. Shu asosda tadqiqotchilar Sopollitepada matriarxat tizimi bo`lganligi g`oyasini ham ilgari suradi, ammo ular Sopollitepaning fortifikasiyasiga e'tibor berishmaydi. Bu tizim erkaklarning ishi va patrearxat tizimdan darak beradi. Yuqori rivojlangan mudofaa va harbiylashgan jamoada matrearxat tizimi to`g`risida gapirish noto`g`ri deb hisoblaymiz.
A.A. Asqarov Sopollitepani bronza davrining qishlog`i deb ta'rif bergan bo`lsa, S.S. Lamberg Karlovskiy Baqtriyaning bronza davrida yuqori rivojlangan me'morchilikni kuzatib, "qal'a" boshqaruvi mavjud bo`lganligi g`oyasini ilgari suradi. "qal'alar" ishlab chiqarishni, harbiy ishlarni, savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirish ishlarni olib borganligi xususida fikr yuritgan. Ilk davlatlarning paydo bo`lishi mavzusida tadqiqotlar olib borgan Sh.Shaydullaev Sopollitepani davlatchilikning shakllanishidagi ilk bosqichlaridan biri bo`lgan "chifdom" shakliga taqqoslaydi

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling