Bronza davri arxeologiyasi


Download 153.5 Kb.
bet3/8
Sana21.02.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1217571
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bronza davri arxeologiyasi referat

Sibir bronza davrida.
Sibir xududida xuddi Sharqiy Yevropada bo`lganidеk, bronza asrida o`nlab madaniyatlarning mavjud bo`lganligi kuzatiladi. Ana shunday madaniyatlardan biri «Sеyminsk-Turbinsk mozorlari» dеb nomlangan yodgorliklar majmui. «Sеyminsk-Turbinsk turkumidagi mozorlar guruxi»ga Gorkiy viloyatidagi Sеyma, Pеrm viloyatidagi Turbino, Omsk viloyatidagi Rostovka va x.k. mozorlar kiradi. Bu mozorlar bir-biridan ikki ming km.to`rt ming km. Uzoqlikda joylashgan bronza asrida G`arbiy Sibir va Qozog`istonning katta kеngliklarida mavjud bo`lgan madaniyatlardan yana biri Andropova madaniyati dеb nomlangan. Andropova madaniyati yodgorliklari ko`plab o`ralar shaklida qurilgan qabrlar orqali ma'lum. Qabr ustki qismi ba'zida tosh xalkalar bilan o`rab olingan. Vafot etganlarni yonboshlatib dafn etganlar.Andropovoliklarda kuydirish (krеmatsiya qilish) xollari xam uchraydi.


4.O`zbekistonning janubidagi bronza davri yodgorliklari
Zamonbobo madaniyati.
Zarafshonning quyi oqimida Zamonbobo madaniyati shakllanadi. Zamonbobo manzilgohi mil. av. III ming yillik oxiri - II ming yillik birinchi yarmiga oid. Bu yerdan yarim yerto`la va chayla-uy qoldiqlari ochib o`rganilgan. Uylar loysuvoq qilingan. Zamonboboliklar sodda dehqonchilik, chorvachilik shu bilan birgalikda ovchilik va baliqchilik bilan ham shug`ullanganlar. Sopol idishlar va xumdonlarning qoldiqlari ham topib tekshirilgan. Kulolchiligida Kaltaminor madaniyati ta'siri mavjud.
Zarafshon daryosining quyi havzasida topilgan motiga dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullangan qabilalarning yodgorligi hisoblanadi. U yerda 1950-1960 yillarda Y. G`ulomov boshliq Mohondaryo otryadi tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular quyi Zarafshon xududidan ikki xil madaniyat izlarini topishdi. Biri Zamonbobo madaniyati bo`lsa, ikkinchisi Andronova madaniyati izlari hisoblanadi. Zamonbobo madaniyati mahalliy tub aholining janubdagi o`troq dehqon jamoalari ta'sirida shakllangan bronza davri madaniyati bo`lib, uning xo`jalik asosini xonaki chorvachilik va motiga dehqonchiligi tashkil etgan. Andronova madaniyati tipi esa Amudaryo deltasida tashkil topgan Tozabog`yob madaniyati ta'sirida shakllangan.
Zamonbobo madaniyatiga tegishli birinchi yodgorlik qabristonni 1950 yilda Y. G`ulomov topdi. U Buxoro viloyati Qorako`l tumanining cho`l zonasida joylashgan Zamonbobo ko`li yoqasida edi. qabristonda 1951-1952 yillarda qazishma ishlari olib borilib, bronza davriga oid 40ga yaqin qabr ochildi. 1960 yildan qabristonda A. Asqarov tadqiqot ishi olib borib yana 6 ta mozorni ochdi. Mozorlar tuzilishi jihatidan katakomba (laxat) shaklida bo`lib, ko`p xollarda usti shamol ta'sirida ochilib qolgan. Zamonbobo qabristonidan yaproqsimon shaklda ishlangan tosh paykonlar, osti yassi va tuxumsimon bo`lgan sopol idishlar, bronzadan ishlangan sopol kurakchalar, qalqasimon bilakuzuklar, qimmatbaho toshlardan yasalgan juda kўp munchoqlar, jez oyna, igna, bigiz, terrakota haykalchalar, boshqa madaniyatlarga oid sopol buyumlari va boshqa narsalar topilgan.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling