Bronza davri va uning o’rganilishi. Mavzu rejasi: Zamonbobo madaniyati
Janubiy Tojikistonning Kofirnahar va Vaxsh vohalarida
Download 139.78 Kb.
|
13 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Tojikistonning Kofirnahar va Vaxsh vohalarida
Janubiy Tojikistonning Kofirnahar va Vaxsh vohalarida bir qancha qabrlarda qazishma ishlari olib borilgan. Kofirnahar daryosining quyi oqimidagi tog‘li Bishkent hududidan Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasidan Tigrovaya Balka, Oyko‘l, Jarko‘l, Makonimor, Qizilsuv va boshqalar o‘rganilgan. Ulardan birinchisi shartli ravishda Bishkent madaniyati, ikkinchisi esa Vaxsh madaniyati nomi bilan yuritiladi. Bishkent madaniyatiga oid ilk Tulxar qabrlarining ayrimlarida marhumlar dafn etilgan, boshqalarida esa mayit kuydirilib kuli ko‘milgan. Qabrlarda kuzatuv buyumlari qo‘lda yasalgan sopol idishlar, bronzadan yasalgan turli xil buyumlardan iborat. Ayrim qabrlarda kulolchilik charxida yasalgan chetdan keltirilgan sopol buyumlari mavjud. Baʼzi bir qabrlardan ochib o‘rganilgan marhumlarning qiyofasi Andronovo madaniyatiga aholisi o‘xshashlik alomatlari mavjud. Vaxsh vohasi qabrlarda murdalarni kuydirish odati kuzatilmaydi. Qabrlarning ko‘pchilligidagi kuzatuv buyumlari o‘g‘irlangan. Saqlanib qolgan qabrlardan topilgan moddiy manbalar qo‘lda va qisman charxda yasalgan sopol buyumlari va bronzadan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, oyna, zeb-ziynat buyumlari: bilakuzuk, uzuk, munchoqlardan iborat. Kofirnahr va Vaxsh hududlarida yashagan aholi chorvachilik va qisman dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan. Qabrlardan topilgan moddiy ashyolariga ko‘ra Sopolli madaniyatining Molali bosqichi bilan maʼlum bog‘liqlik kuzatiladi.Janubiy Tojikiston hududida so‘nggi bronza davrida bir necha etnik guruhlarga xos madaniyatlar tarqaladi. Ular neolit davri mahalliy Hisor madaniyati sohiblarining o‘troqlashishi, g‘arbdan Sopolli madaniyatining mullali bosqichida hududiy kengayishi va shimoldan Andronovo madaniyatiga oid aholining ko‘chib kelishi bilan bog‘liq.Janubiy Tojikistonning Kofirnahar va Vaxsh vohalarida bir qancha qabrlarda qazishma ishlari olib borilgan. Kofirnahar daryosining quyi oqimidagi tog‘li Bishkent hududidan Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasidan Tigrovaya Balka, Oyko‘l, Jarko‘l, Makonimor, Qizilsuv va boshqalar o‘rganilgan. Ulardan birinchisi shartli ravishda Bishkent madaniyati, ikkinchisi esa Vaxsh madaniyati nomi bilan yuritiladi. Bishkent madaniyatiga oid ilk Tulxar qabrlarining ayrimlarida marhumlar dafn etilgan, boshqalarida esa mayit kuydirilib kuli ko‘milgan. Qabrlarda kuzatuv buyumlari qo‘lda yasalgan sopol idishlar, bronzadan yasalgan turli xil buyumlardan iborat. Ayrim qabrlarda kulolchilik charxida yasalgan chetdan keltirilgan sopol buyumlari mavjud. Baʼzi bir qabrlardan ochib o‘rganilgan marhumlarning qiyofasi Andronovo madaniyatiga aholisi o‘xshashlik alomatlari mavjud. Vaxsh vohasi qabrlarda murdalarni kuydirish odati kuzatilmaydi. Qabrlarning ko‘pchilligidagi kuzatuv buyumlari o‘g‘irlangan. Saqlanib qolgan qabrlardan topilgan moddiy manbalar qo‘lda va qisman charxda yasalgan sopol buyumlari va bronzadan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, oyna, zeb-ziynat buyumlari: bilakuzuk, uzuk, munchoqlardan iborat. Kofirnahr va Vaxsh hududlarida yashagan aholi chorvachilik va qisman dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan. Qabrlardan topilgan moddiy ashyolariga ko‘ra Sopolli madaniyatining Molali bosqichi bilan maʼlum bog‘liqlik kuzatiladi.Janubiy Tojikiston hududida so‘nggi bronza davrida bir necha etnik guruhlarga xos madaniyatlar tarqaladi. Ular neolit davri mahalliy Hisor madaniyati sohiblarining o‘troqlashishi, g‘arbdan Sopolli madaniyatining mullali bosqichida hududiy kengayishi va shimoldan Andronovo madaniyatiga oid aholining ko‘chib kelishi bilan bog‘liq.Download 139.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling