Bronza davri va uning o’rganilishi. Mavzu rejasi: Zamonbobo madaniyati


Download 139.78 Kb.
bet2/8
Sana21.01.2023
Hajmi139.78 Kb.
#1106993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13 Mavzu

Moddiy topilmalar chaqmoqtoshdan ishlangan o‘roq qadamalari, yorg‘uchoq bo‘laklari, sopol parchalari va hayvon suyaklaridan iborat. Kesaklarda bug‘doy va arpa donlarining izlari saqlanib qolgan. Hayvon suyaklarining asosiy qismni xonaki-qo‘y, echki, qora mol va eshak, qisman yovvoyi hayvonlar-to‘qay bug‘isi, cho‘chqa va jayronlar suyaklari tashkil etadi. Ikkinchi manzilgoh madaniy qatlami deyarli saqlanmagan. Terma buyumlari birinchi manzilgoh va qabrlarnikidan farq qilmaydi.Qabristonida jami 41 ta qabr aniqlanib, ulardan 28 tasida toq, 8 tasi juft mayitlar dafn etilgan. Marhumlar bukchaytirib yon tomoniga yotqizib holda ko‘milgan. Erkaklarning qabrlarida sopol buyumlari, chaqmoqtoshdan ishlangan kamon o‘qlari, nayza paykonlari va boshqa turdagi buyumlar, ayollarnikida esa qimmatbaho toshlardan (agat, feruza, lazurit, serdolik) va oltindan yasalgan munoqlar, misdan ishlangan ko‘zgu, ayol haykalchalari topilgan. Qizilqum cho‘lida mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlarida “Lavlakon plyuviali” davri tugab, qurg‘oqchil iqlim sharoitining vujudga kelishi, bu yerda yashagan qabilalarning xo‘jaligiga jiddiy taʼsir qiladi. Tabiatdagi tayyor ozuqa manbai bilan kun kechirib kelayotgan aholi xo‘jalik shakllarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar. Zamonbobo madaniyati Kaltaminor madaniyatining qurg‘oqchilik tufayli o‘troqlashishi natijasida vujudga kelgan. Zomonboboliklar mahalliy hududning tabiiy iqlim sharoitga mos holda xo‘jalikning nisbatan sodda bo‘lgan ko‘rfaz usulida sug‘orishga asoslangan dehqonchilik shakli va uy chorvachiligi bilan hayot kechirgan.

  • Moddiy topilmalar chaqmoqtoshdan ishlangan o‘roq qadamalari, yorg‘uchoq bo‘laklari, sopol parchalari va hayvon suyaklaridan iborat. Kesaklarda bug‘doy va arpa donlarining izlari saqlanib qolgan. Hayvon suyaklarining asosiy qismni xonaki-qo‘y, echki, qora mol va eshak, qisman yovvoyi hayvonlar-to‘qay bug‘isi, cho‘chqa va jayronlar suyaklari tashkil etadi. Ikkinchi manzilgoh madaniy qatlami deyarli saqlanmagan. Terma buyumlari birinchi manzilgoh va qabrlarnikidan farq qilmaydi.Qabristonida jami 41 ta qabr aniqlanib, ulardan 28 tasida toq, 8 tasi juft mayitlar dafn etilgan. Marhumlar bukchaytirib yon tomoniga yotqizib holda ko‘milgan. Erkaklarning qabrlarida sopol buyumlari, chaqmoqtoshdan ishlangan kamon o‘qlari, nayza paykonlari va boshqa turdagi buyumlar, ayollarnikida esa qimmatbaho toshlardan (agat, feruza, lazurit, serdolik) va oltindan yasalgan munoqlar, misdan ishlangan ko‘zgu, ayol haykalchalari topilgan. Qizilqum cho‘lida mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlarida “Lavlakon plyuviali” davri tugab, qurg‘oqchil iqlim sharoitining vujudga kelishi, bu yerda yashagan qabilalarning xo‘jaligiga jiddiy taʼsir qiladi. Tabiatdagi tayyor ozuqa manbai bilan kun kechirib kelayotgan aholi xo‘jalik shakllarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar. Zamonbobo madaniyati Kaltaminor madaniyatining qurg‘oqchilik tufayli o‘troqlashishi natijasida vujudga kelgan. Zomonboboliklar mahalliy hududning tabiiy iqlim sharoitga mos holda xo‘jalikning nisbatan sodda bo‘lgan ko‘rfaz usulida sug‘orishga asoslangan dehqonchilik shakli va uy chorvachiligi bilan hayot kechirgan.

Download 139.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling