Broun harakati 191-biologiya: Bekberganov. A
Download 0.79 Mb.
|
Broun harakati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diffuziya
- Xulosa
- Foydalangan adabiyotlar
BROUN HARAKATI 191-biologiya:Bekberganov.A REJA:1.Broun harakati. 2.Diffuziya hodisasi. 3.Broun harakati va diffuziya hodisasini farqi 4.Xulosa Broun harakati1927 yilda ingliz botanigi R.Broun gul changining Suvda muallaq yurgan zarralarini mikroskop orqali kuzatadi.Ko’rgan narsasi uni xayron qoldiradi. Bu haqida u shunday deb yozadi:’’O’lchamlari juda kichik, uzunligi dyumining to’rt mingdan biridan besh mingdan birigacha ulushicha kichik (ya’ni 5-6 mm), suvga botirilgan zarralar yoki donalar bilan Ishlashda ularning ko’chligini harakatda bo’lishini kuzatdim… Bu harakatlar shunday ediki, juda ko’p takroriy kuzatishlaridan sing, men bu harakatlar suyuqlik oqimlarida emas, va uning doimiy bug’la -nishdan emas balki zarralarning o’ziga tegishli ekaniga ishonch hosil qildim” Broun, shuningdek, zarralarning juda xilma-xil traektoriyalar chizib harakatlanishini ta’kidladi; ular tartibsiz harakatlanar endilar. Broun harakatlarining sababini faqat 50yildan so’ng real tushuntirib berish mumkin bo’ldi. U vaqtlarda atomlar va molekulalarning mavjudligiga ko’pchlik ishonmas edi, har holda to’g’ri ekspiremental isbotlar yo’q edi. Shuning uchun avval zarrachalar o’zlariga xos “hayot kuch” hisobiga harakatlanadi, deb faraz qilinar edi, chunki ular organik kelib chiqishga ega edilar. Biroq, Broun tajribalari ko’p marta va turli xil, shu jumaladan noorganik, mayda zarrachalarda takrorlanganda, effekt universal ekanligi va u hech qanday tashqi omillarga (temperaturadan tashqari) bog’liq emasligini aniqladi. Temperatura ortishi bilan broun zarrachalari harakat intevsivligi sezirali darajada ortib bordi. O’tgan asrning 70- yillari oxirigiga kelibgina broun harakatning sabablarini suyuqlik molekulalarining shu suyuqlikda muvallaq yurgan zarralar sirtiga urilishi bilan bog’lay boshladilar. Agar zarra katta bo’lganda edi, molekulalar uni har tomondan bir tekis itargan bo’lar va muallaq zarra joyida qo’zg’almay turar edi.Biroq kichik zarrachaning sirti ham kichik bo’lgani uchun turtishlar bir-birini muvozanatlamaydi. Teng ta’sir qiluvchi kuch nolga teng emas, har doim kattaligi va yo’nalishi o’zgarib turadigan, natijada zarra suyuqlikda tasodifiy daydib yuradi. Broun harakatining dastlabki miqdoriy nazariyasi 1905 yilda paydo bo’ldi. Uning muallifi A.Enshteyn bo’lib u “Tinch holatdagi suyuqlikda muallaq zarralarning issiqlikning molekulyar-kintetik nazariyasi talab etagan harakati” nomli ishni e’lon qildi. A.Enshteyn o’z ishida, broun zarralarning tasodifiy daydib yurishini quydagicha izohlash mumkinligini ko’rsatdi: ular issiqlik harakatida o’zlari muallaq yurgan muhitdagi molekulalar bilan baravar ishtirok etadi, bunda o’rtacha o’shanday kintetik energiyaga,ammo massalari ancha katta bo’lganligi uchun ham kichik tezlikga ega bo’ladi.Zarraning ma’lum vaqtdagi Siljishini o’lchab uning radiusini va suyuqlikning yopishqoqligini bilgan holda, Avogadro sonini hisoblash mumkin. Enshteyn nazariyasini fransuz fizigi J.Perren tajribada tasdiqladi. U mikroskopik zarralarning maxsus tayorlangan emulsiyasida taqsimlanishini o’rganishga qaror qildi. Perren 1906 yilda o’z hodimlari bilan bunday tajribalar seriyasini boshladi. Bir xil o’lchamli zarralardan iborat emulsiya tayyorlash eng qiyin ish edi. Bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so’ng Perren bunday zarralarni gummigut – bazi daraxtlarning sutiga o’xshash shirasidan olinadigan smolali moddadan va mastikadan smolalarning bir turidan olish muvaffaq bo’ldi. Zarur zichlikka erishish uchun zarralar 12% suv qo’shilgan glitseringa solinadi. Tajribalar quyidagidan iborat edi: bir tomchi emulsiya 0.1mm chuqurlikdagi va qoplama shisha bilan zich yopiladigan yassi kyuvetga joylashtiriladi. Emulsiya zarralarining holati ma’lum vat oralig’ida maxsus mikroskop yordamida kuztib turildi. Rasmda uchta gummigut zarrasining traektoriyasi ko’rsatilgan . Doirachalr zarralarning teng vaqt oraliqlaridagi vaziyatga to’g’ri keladi.Zarralarning harakati mutlaqo tasodifiy ekani ko’rinib turibdi.: har bir siljishning uzunligi ixtiyoriy, hamma harakat yo’nalishlari tartibsiz, oldindan aytib bo’lmaydi
Agar qattiq jismlar bir-birida erisa, ularning atomlari ham aralshadi.Faqat bu prosess ancha sekin kechadi, shuning uchun qattiq jismlardagi diffuziya faqat o’tgan asrning oxiridagina birinchi marta kuzatildi.O’zaro aralashib ketish atomlar yoki molekulalar (yoki boshqa zarralar)uning tartibsiz daydishi natijasidir. Bu hodisa zarralarning issiqlik harakatlari tufayli amalga oshadi. Diffuziya vaqtida zarralarining harakati mutlaqo tasodifiydir: zarraning navbatdagi siljish yo’li ixtiyoriydir, siljishning barcha yo’nalishlari teng ehtimollidir. Ma’lumki tartibsiz harakatda alohida zarraning t vaqt ichida o’tadigan siljishini avvaldan aytish mumkin emas : zarralardan biri o’z joyidan deyarli qo’zg’laymaydi, boshqalari esa anchagina uzoqa ketishi mumkin. Faqat barcha zarralarning o’rtacha siljishi to’g’risidagina gapirish mumkin. Bu masala zarralarning Broun harakatilariga nisbatan birinchi marta 1905 yilda A.Enshteyn tomonidan va bir yil keyin polyak fizigi M.Smoluxovkiy tomonidan hal qilindi. Ma’lum bo’lishicha, diffuziya yo’li, ya’ni diffuziyada dastlabki vaziyatdan siljish, diffuziya vaqtidan olingan kvadrat ildizdan proporsional bo’lar ekan: Bu yerda D-diffuziya koeffisenti
Aktiv diffuziya Pastsiy diffuziya Broun harakati-bu atrofdagi muhitning molekulalaridan doimiy ravishda bombardimon qilish natijasida suyuqlikdagi mikroskopik zarralarning tartibsiz, tasodifiy harakati. Holbuki, diffuziya bu moddaning yuqori konsentratsiyalangan hududdan past konsentratsiyali maydonga siljishi. Shuning uchun, Broun harakati va diffuzioya o’rtasidagi asosiy farq shundaki,Braun harakatida zarracha sayohat qilish uchuno’ziga xos yo’nalishga ega emas, shu bilan diffuziyada zarralar yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiyaga o’tadi. Shu bilan birga, zarrachalar harakti ikkila stserniyada ham tasodifiydir.Bundan tashqari , Braun harakati va diffuziya o’rtasidagi yana bir farq shundaki, diffuziya konsentratsiya yoki potensailkimyoviy gradianga bo’yicha sodir bo’ladi. Ammo braun harakati bu kabi omillarga bog’liq emas.Zarraning harakatlanishi boshqa zarrachalarning haraktiga qarab sodir bo’ladi. Quyidagi infografikada Braun harakati va diffuziya o’rtasidagi farq haqida ko’proq ma’lumotlar keltirilgan.
Broun harakati Diffuziya hodisasi Xulosa:
Foydalangan adabiyotlar:
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling