Broun harakatining sabablarini faqat 50 yildan so’ng real tushuntirib berish mumkin bo’ldi. U vaqtlarda atomlar va molekulalarning mavjudligiga ko’pchilik ishonmas edi, har holda to’g’ri eksperimental isbotlar yo’q edi. Shuning uchun avval zarrachalar o’zlariga xos «hayot kuchi» hisobiga harakatlanadi, deb faraz qilinar edi, chunki ular organik kelib chiqishga ega edilar. Biroq, Broun tajribalari ko’p marta va turli xil, shu jumladan noorganik, mayda zarrachalarda takrorlanganda, effekt universal ekanligi va u hech qanday tashqi omillarga (temperaturadan tashqari) bog’liq emasligi aniqlandi. Temperatura ortishi bilan broun zarrachalarining harakat intensivligi sezilarli darajada ortib bordi. - Broun harakatining sabablarini faqat 50 yildan so’ng real tushuntirib berish mumkin bo’ldi. U vaqtlarda atomlar va molekulalarning mavjudligiga ko’pchilik ishonmas edi, har holda to’g’ri eksperimental isbotlar yo’q edi. Shuning uchun avval zarrachalar o’zlariga xos «hayot kuchi» hisobiga harakatlanadi, deb faraz qilinar edi, chunki ular organik kelib chiqishga ega edilar. Biroq, Broun tajribalari ko’p marta va turli xil, shu jumladan noorganik, mayda zarrachalarda takrorlanganda, effekt universal ekanligi va u hech qanday tashqi omillarga (temperaturadan tashqari) bog’liq emasligi aniqlandi. Temperatura ortishi bilan broun zarrachalarining harakat intensivligi sezilarli darajada ortib bordi.
O’tgan asrning 70-yillari oxiriga kelibgina broun harakatining sabablarini suyuqlik molekulalarining shu suyuqlikda muallaq, yurgan zarralar sirtiga urilishi bilan bog’lay boshladilar. Agar zarra katta bo’lganda edi, molekulalar uni har tomondan bir tekis itargan bo’lar va muallaq zarra joyida qo’zg’almay turar edi. Biroq kichik zarraning sirti ham kichik bo’lgani uchun turtishlar bir-birini muvozanatlamaydi. Teng ta’sir qiluvchi kuch nolga teng emas, hap doim kattaligi va yo’nalishi o’zgarib turadi, natijada zarra suyuqlikda tasodifiy daydib yuradi. - O’tgan asrning 70-yillari oxiriga kelibgina broun harakatining sabablarini suyuqlik molekulalarining shu suyuqlikda muallaq, yurgan zarralar sirtiga urilishi bilan bog’lay boshladilar. Agar zarra katta bo’lganda edi, molekulalar uni har tomondan bir tekis itargan bo’lar va muallaq zarra joyida qo’zg’almay turar edi. Biroq kichik zarraning sirti ham kichik bo’lgani uchun turtishlar bir-birini muvozanatlamaydi. Teng ta’sir qiluvchi kuch nolga teng emas, hap doim kattaligi va yo’nalishi o’zgarib turadi, natijada zarra suyuqlikda tasodifiy daydib yuradi.
- Broun harakatining dastlabki miqdoriy nazariyasi 1905 yilda paydo bo’ldi. Uning muallifi A. Eynshteyn bo’lib, u «Tinch holatdagi suyuqlikda muallaq zarralarning issiqlikning molekulyar-kinetik nazariyasi talab etgan harakati haqida» nomli ishni e’lon qildi
- A. Eynshteyn o’z ishida, broun zarralarining tasodifiy daydib yurishini quyidagicha izohlash mumkinligini ko’rsatdi: ular issiqlik harakatida o’zlari muallaq yurgan muhitdagi molekulalar bilan baravar ishtirok etadi, bunda o’rtacha o’shanday kinetik energiyaga, ammo massalari ancha katta bo’lganligi uchun juda ham kichik tezlikka ega buladi. Zarraning ma’lum vaqtdagi siljishini o’lchab, uning radiusini va suyuqlikning yopishqoqligini bilgan holda, Avagardo sonini hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |