detsimetr deb ataladi. Kvadrat detsimetr qisqacha kv.dm deb yoziladi.
1 kv.dm = 100 kv.sm
Daftarda bir nechta kvadratlarni chizib kataklarni sanash orqali shakllarning
yuzalarini topiladi. 1010-masalaning topshirig`ini bajarish bilan kv.dm va kv.sm lar
orasidagi bog`lanish tushuntirib beriladi. Sinf xonasidagi turli jihozlarning
o`lchamlarini o`lchab ko`rish va yuzalarini hisoblash kabi qo`shimcha mashg`ulotlar
o`tkazish orqali mavzuni mustahkamlanadi.
1016-masalaning shartiga binoan berilgan shaklarning yuzalarini taqqoslash
kerak bo`ladi. Buning uchun o`quvchilar har bir shaklning daftar katagidan
nechtasini qoplab olganligini sanab chiqadilar va shu bilan shakllar o`zaro
taqqoslanadi. Qo`shimcha savol-javoblar o`tkazish orqali mavzuni bayon qilib
beriladi.1017-misolda ismli sonlarni taqqoslashga doir tengsizliklar berilgan. Ularni
taqqoslashda sonlar oldidagi ismlar bir xil bo`lganligi uchun sonlarni o`zaro
taqqoslash yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |