Bu kitob o’zida windows ot xaqida qisqacha malumot dasturlash tillari, viruslar, xaqida malumot beradi!


NTLDR — WindowsXP’gacha bo‘lgan tizim yadrosini yuklatuvchi dastur.  Windows Boot Manager (bootmgr)


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana02.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#187345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Windows dasturlash hammasi haqida o'zbecha malumot

NTLDR — WindowsXP’gacha bo‘lgan tizim yadrosini yuklatuvchi dastur. 

Windows Boot Manager (bootmgr)— Windows 7, Windows 8 yadrosini 

yuklatuvchi dastur. 



LILO(Linux Loader), GRUB(Grand Unified Bootloader) — Linux yadrosini 

yuklatuvchi dastur. 



OS/2 Boot Manager — OS/2 yadrosini yuklatuvchi dastur. 

SILO — Sparc arxitekturali Solaris va Linux yadrosini yuklatuvchi dastur. 

BootX — Mac yadrosini yuklatuvchi dastur. 

Bulardan boshqa operatsion tizim yadrosini yuklatuvchi dasturlar ham bor: Das U-



Boot, uMon, RedBoot, SyMon

Demak, bilib oling, yuqoridagi terminlardan biri uchrab qolsa, bilinki bular 

yuklatuvchi dasturlar, vazifasi bir hil, operatsion tizim yadrosini yuklab berish. 

Bu terminlardan NTLDRBootmgr kabilarni eshitgan bo‘lishingiz mumkin, ayniqsa 

yomon xabar bilan: NTLDR is missing(Windows Xp tizimida yoki Bootmgr is 

missing(Windows 7 tizimida). 

Bu xatoliklar aynan yuklanuvchi dastur ishga yaroqsiz bo‘lganda paydo bo‘ladi. 

Keyingi maqolada aynan shu xatoni chiqish sabablarini yozib o‘taman, keyinroq 

esa ularni bartaraf etish yo‘llarini. 

 

 




 

 

Virtualizatsiya masalasi: Oracle VirtualBox 



yoki VMWare Workstation 

Virtual mashinalar bilan ishlashda ko’pchilik asosan ikkita virtualizatsiya platformasiga(dastur 

deb yuritaman) duch kelishadi: Oracle VirtualBoxVMWare. Bulardan boshqalari ham bor, lekin 

ular unchalik mashhur emas. Shu ikki dasturni tanlashda juda ko’p bahslar vujudga keladi. Bu 

maqolada iloji boricha ikkisini ham yoritib berishga harakat qilaman, ya’ni kamchilik va 

afzalliklarini ko’rsataman. Oldindan aytadigan bo’lsam, virtualizatsiya bilan endi shug’ullanishni 

boshlaganlar uchun Oracle VirtualBox yaxshi tanlov. 

Oldin qisqacha virtualizatsiya haqida, virtualizatsiya bu bitta fizik mashinadan(kompyuter, 

server,..) bir necha virtual mashinalar hosil qilishdir. Fizik mashinalarning resurslari, virtual 

mashinalarga taqsimlanib, bu virtual mashinalar alohida o’zi ishlaydi. O’zining protsessori, 

hotirasi, vinchesteri, operatsion tizimi bo’ladi. 

Virtual mashinalar hosil qilish uchun bizga yuqorida aytib o’tilgan platforma(VirtualBox, 

Vmware)lardan biri  kerak bo’ladi. Dastlab Oracle VirtualBox dasturining avzallik tomonlarini 

yozib o’taman: 

 

Bu dastur bepul taqdim etiladi, Vmware 200$ atrofida; 



 

bu dastur orqali hosil qilingan virtual mashinalarga Windows, Linux, MacOS, Solaris kabi 

operatsion tizimlar qo’yish mumkin; 

 

bir necha formatlar bilan ishlay oladi: vdmk, vhd, vdi; 



 

dasturning hajmi juda kichik; 

 

qo’llanmasiz bemalol ishlatishingiz mumkin, juda sodda dastur, VMWare biroz qiyinroq; 



 

hajmi kamroq, taxminan 100MB, VMWare esa 300MB; 

 

ishlashi tezroq. 



VMWare avfzalliklari: 

 

Texnik qo’llab quvvatlash yaxshi yo’lga qo’yilgan; 



 

virtual mashinalar uchun ajratilgan RAM kerak bo’lganda, ya’ni virtual mashinaga yuklama 

tushganda asosiy operatsion tizimdan olishni boshlayi, birdaniga ajratilgan hamma joyni 

olmaydi; 

 

BIOS’ga bemalol kirish mumkin; 



 

qo’shimcha funksiyalari ko’p. 

Umuman olganda VMWare asossan serverlarga qo’yiladi, VirtualBox esa uy kompyuterlariga va 

yuklama kamroq tushadigan vazaifalar bo’lsa, shunda qo’yiladi. Agar seminarlarga borsangiz, 

gap virtualizatsiya haqida ketsa,  faqat VMWare gapiriladi, shu asosida misollar beriladi :).  Agar 



 

 

kompyuteringiz resurslari kamroq bo’lsa(misol uchun RAM-4Gb), VirtualBox qo’yganingiz 



ma’qulroq, chunki VMWare ko’p resurs talab qiladi. 

Virtual mashinalarni bir biriga export, import qilish mumkin, bu degani VirtualBox’da hosil 

qilingan virtual mashinalarni bemalol VMWare’da ko’tarish mumkin. 

Agar yana qandaydir farqlarini bilsangiz, kommentariyada qoldiring, to’liq bo’lishi uchun, 

maqolaga qo’shib qo’yaman. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling