Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik tahminot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi


Download 15.46 Kb.
Sana29.08.2020
Hajmi15.46 Kb.
#128088
Bog'liq
Metrologiya qonunga


Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida birinchi Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, yahni “Standartlashtirish to’g’risida”, “Metrologiya to’g’risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarilishiga asos bo’ldi. SHulardan biri, yahni “Metrologiya to’g’risida” gi qonun ustida biroz to’xtalib o’tamiz.

Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik tahminot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.

“Metrologiya to’g’risida” gi qonun 5 bo’limdan iborat bo’lib, bu bo’limlar 21 moddani o’z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo’lga qo’yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funktsiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo’yicha keng mahlumotlar berilgan.

Qonunda ko’rsatilganidek, o’lchash vositalarining davlat sinovlarini o’tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro’yxatiga kiritish “O’zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunda yana bir masala - davlat ro’yxati belgisini qo’yish to’g’risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to’g’risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o’lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro’yxati belgisi qo’yilishi shart.

Mahlumki, ishlab chiqarishdagi o’lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o’tkazib turish har doim ehtiborda bo’lmoqligi lozim. Ular bo’yicha ro’yxatlar tuziladi va o’lchash vositalari turkumlarining ro’yxati “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog’liq o’lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o’lchovlari “Metrologiya to’g’risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O’zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o’tkazilib turilishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari guruhining ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo’lgan o’lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o’lchash natijalari bilan tahminlashlari lozimligi alohida ko’rsatib o’tilgan.



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev yurtimizni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlantirish hamda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish to`g`risida fikr bildirar ekan: - “Ayni vaqtda, bugungi globallashuv davrida jahon miqyosida chuqur moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan, raqobat tobora kuchayib borayotgan keskin bir sharoitda biz mamlakatimiz bosib o`tgan taraqqiyot yo`lini har tomonlama tahlil qilib, davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqdik.”[2], deydi davlatimiz rahbari. Darhaqiqat, ayni globallashuv davrida mazkur Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi yanada rivojlanish sari tashlangan muhim qadamlardan biri bo’libgina qolmasdan, 2017–2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olishi bilan bir qatorda mazkur Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-4947 sonli farmoniga[2] binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda e’tiborni barcha ta’lim–tarbiya bosqichlada keng islohotlarni amalgam oshirish kerakligi ko`rsatib o`tildi.
Download 15.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling