Bu xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan va o'zaro iqtisodiy
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi mlrddan oshdi
Download 34.09 Kb.
|
halqaro savdo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15,5 mlrd
- Janubiy Koreya Respublikasi ($41,6 mln) va Hindiston ($29,3 mln)
- 5,2 mln
- (572 mln dollar), Qirg‘iziston (555,7 mln dollar) va Tojikiston (271,4 mln dollar)
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $40 mlrddan oshdi
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Jumladan, eksport hajmi qariyb $15,5 mlrdga (+23,8%), import esa $24,6 mlrdga (+21,2% ga) yetdi. Hisobot davrida — $9,1 mlrd qiymatida passiv saldo qayd etildi. 2022 yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 7,3 mlrd dollarga yoki 22,2% ga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan sharhda ma’lum bo‘ldi. TSAda eksport hajmi qariyb 15,5 mlrd AQSh dollariga (23,8% ga ko‘paydi) va import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollariga (21,2% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida — 9,1 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. Eksport hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Xitoy ($2,2 mlrd), Rossiya ($2,5 mlrd), Qozog‘iston ($1,1 mlrd), Turkiya ($1,3 mlrd) davlatlarida qayd etildi Eng kam eksport hajmi esa Janubiy Koreya Respublikasi ($41,6 mln) va Hindiston ($29,3 mln) bilan amalga oshirilgan. Mahsulot ham xizmatlarning eng ko‘pi XXR ($5,2 mlrd), Rossiya Federatsiyasi ($4,9 mlrd), Qozog‘iston ($2,6 mlrd), Janubiy Koreya ($1,9 mlrd) dan olib kelingan. Eng kam import Afg‘oniston ($7,3 mln) bilan amalga oshirildi. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021 yil fevral oyida qayd etilib, 5,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 2,8 mln AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 4,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga kamaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda, deyiladi qo‘mita sharhida. Yanvar- oktabr oylarida ijobiy saldo Afg‘oniston (572 mln dollar), Qirg‘iziston (555,7 mln dollar) va Tojikiston (271,4 mln dollar) davlatlari bilan kuzatildi. 195 ta mamlakat orasida tashqi savdo ayoanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,7%), Rossiya Federatsiyasida (18,6%), Qozog‘istonda (9,3%), Turkiyada (6,7%), Koreya Respublikasida (4,9%), Qirg‘iz Respublikasi (2,5%) va Germaniyada (2,2%) qayd etilgan. 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 39,6 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021 yilning mos davriga nisbatan ulushi 1,5% ga ko‘paygan. Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 39,1% ulush bilan 15,7 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,8% ulush bilan 319,7 mln dollarni tashkil etdi. EksportYanvar-oktabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 586 tani tashkil etib, ular tomonidan 12,5 mlrd AQSh dollari (oltindan tashqari) qiymatidagi (2021 yilning mos davriga nisbatan 123,3% ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,8% ни tashkil etib, ular sanoat tovarlari (23,9%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,2%) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (7,1%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan 10 oy davomida xizmatlar sohasi, sanoat tovarlari va oltin eng ko‘p eksport qilingan. Eksportning eng katta hajmi 2022 yil fevral oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 1,9 mlrd AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida eksport hajmi 1,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 33,4 foizga kamaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “O‘zstandart” agentligining O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartibotini bekor qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ega; inspeksiya organlarining xizmatlari, shu jumladan yuk ortishdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlari uchun haq to‘lash ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ro‘yxatdan o‘tgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi; (2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son) davlat bojxona xizmati organlari Markazda ro‘yxatdan o‘tgan import kontraktlari doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlarning miqdori va narxlari haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda Markazga taqdim etadi. 3. Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, tijorat banklariga yuk ortishdan oldin inspeksiyani o‘tkazuvchi inspeksiya organini tanlash haqida import qiluvchilarga tavsiyalar berish taqiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti “O‘zstandart” agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplash kafolatlarini ta’minlovchi mexanizmlarni joriy etgan holda import qiluvchilar va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda akkreditatsiya obyektlari tomonidan vakolatli organga o‘tkaziladigan to‘lovlarni undirish shartlari va miqdorlarining tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. Oldingi tahrirga qarang. 6. Belgilansinki, Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini o‘tkazish (xarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotni tanlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rnatiladigan talablarga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. (6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son) Oldingi tahrirga qarang. (6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son) 7. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. Oldingi tahrirga qarang. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 24-mart, PQ-3624-son O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Prezidentning “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Download 34.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling