Buddaviylik va xristianlik dini tarixi va falsafasi
Buddaviylik va xristianlik dini tarixi va falsafasi Reja:
1. Buddaviylik dinining vujudga kelishi
2. Buddizm oqimlari (yo’nalishlari)
3. Xristianlik dinining paydo bo’lishi
4. Xristianlikdagi oqimlar
5. Ozbekistonda xristianlik
Buddaviylik dinining vujudaga kelishi
Buddizm – dunyodagi eng yirik dinlar ichidagi qadimiylardan biri hisoblanib, mill. avv VI – V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi- Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko’p uchraydi.
Buddizm bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab diniy manbalar va diniy yo’nalishlar mavjud.
Buddizm turli milliy diniy an’analar bilan kelishuvchanligi sababli ko’p millatlar tomonidan keng qabul qilindi. Buddizm hayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlariga kirib brogan.
Buddizm ta’limoti to’g’risidagi xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxarta, Gautama ( Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari quyidagicha: Siddxarta- shaxsiy ism, Gautama- urug’ nomi, Shakyamuni- ,, Shakyaqabilasidan chiqqan donishmand’’, Budda- ,,nurlangan’’, Tadxagata- ,,shunday qilib, shunday ketgan’’, Djina-,, g’olib’’, Bxagavan-,,tantana qiluvchi’’. Ular ichida eng mashxuri Budda bo’lib shundan bu dinga Buddizm nomi berilgan.
Buddizm ta’limoti, asosan, 3qismdan iborat: axloq, meditatsiya, donolik
1. Axloq normalari- ,,Pancha va shila’’ ( Buddaning besh nasihati)
1) qotillikdan saqlanish
2)o’g’rilikdan saqlanish
3)gumrohlikdan saqlanish
4)yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish
5)mast qiluvchi narsalardan saqlanish
Do'stlaringiz bilan baham: |