Budjet darom adlari hisobi. Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar hisobi


Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar hisobi


Download 75.71 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi75.71 Kb.
#1607178
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat byudjetining daromadlari tizimi va ularning gurulanishi

3 Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar hisobi.
Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o ‘tkazilgan summalar» subschyotiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ortiqcha ajratilgan summalar bo‘yicha respublika budjetiga bo‘lgan majburiyatlar yil oxiridagi yakuniy operatsiyalar yordamida hisobga olinadi. Yil mobaynida ushbu budjetlarga ortiqcha qilingan ajratmalar summalari «Daromadlar» kitobining (5-shakl) alohida qatorida 040- «Budjet daromadlari» subschyotida hisobga olinadi. 0 ‘tgan yil bo‘yicha umumdavlat soliq va daromadlaridan mahalliy budjetlar tomonidan olingan ortiqcha ajratmalar bo‘yicha qarzlami to'lash (qaytarish) uchun yangi yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summalar 042-«Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o‘tkazilgan summalar» subschyotining debetiga o‘tkaziladi. Daromadiarning analitik hisobi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlarga kelib tushgan daromadlar va aniqlanmagan tushumlar summalarining analitik hisobi «Daromadlar» kitobida (5-shakl) olib boriladi. Uning «mundarija» qismida, mazkur budjetga kelib tushadigan daromadiarning barcha turlari, ya’ni budjet tasnifining bo‘limi, bobi va paragrafi, daromadning har bir turining to'liq nomi va kitobda daromadning u yoki bu turiga berilgan kitob varaqlarining raqami ko‘rsatiladi. Davlat budjeti daromadlarining analitik hisobi asosida, bu hisob qaysi moliya organiga yuklatilganligidan qat’iy nazar, budjet daromadlari tasnifi yotadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarining analitik hisobini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) moliya organlari amalga oshiradi. Analitik hisob daromadlarning har bir tun bo‘yicha alohida-alohida budjet daromadlari tasnifining har bir bo‘limi bo‘yicha olib boriladi. Memorial-order va kelib tushgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarga asosan bu kitobning «Kredit» ustuniga, har bir daromad turi uchun belgilangan qatorlar bo‘yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari va daromadlaridan ortiqcha ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida qator bo‘yicha yoziladi. Noto‘g‘ri yoki ortiqcha tushgan daromadlar, «Debet» ustunida xronologik tartibda yoziladi. Bu yozuvda memorialordeming tartib raqami, daromadlarning bo‘limi, bobi, paragrafi hamda summasi ko‘rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu opcratsiyalar bir xil alomatlarga ega bo‘lgan daromadlarning qaytarilgan summalari bo‘yicha operatsiyalar debet «Oy bo‘yicha jami» ustunining tegishli qatorlarida, har bir daromad turi bo'yicha qaytarilgan umumiy summalar tartiblashtiriladi, so‘ngra joriy oy bo'yicha, yil boshiga va 040-«Budjet daromadlari» subschyoti bo'yicha jami hisoblab chiqiladi. Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo‘yicha yil boshidan buyon tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan yil uchun qayta hisoblashlar bo‘yicha yil boshida qaytarilganda) hosil bo‘lgan manfiy qoldiq «Yil boshidan jami» ustuniga qizil siyoh bilan yoziladi. Aniqlanmagan tushumlar summasi «Daromadlar» kitobiga (5-shakl) Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti bo‘yicha yoziladi. Kitobning bir varag‘idagi qatorlar soni oylik opcratsiyalarni yozish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo‘yicha kitobning keyingi varaqlaridan foydalaniladi. Mamlakat respublika budjcti daromadlarining kundalik analitik hisobini yuritish bank muassasalariga yuklatilgan. Bank muassasalari budjet darom adlari tasnifining hamma bo‘linmalari bo‘yicha respublika budjeti daromalarining analitik hisobini olib boradi va har oyda respublika budjetiga tushgan daromadlar haqida hisobotni tuzib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdimetadi. 0 ‘zbekiston Rcspublikasi M oliya vazirligida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotiga asosan, tugagan oyning budjet tasnifining hamma bo‘linmalari umumiy jami bo‘yicha «Daromadlar va xarajatlar hisobi uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar»da (5-m f-shakl) tugagan oy uchun daromadlarni analitik hisobi olib boriladi. «Darom adlar va xarajatlar hisobi uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar» (5-mfshakl) asosida mcmorial-order tuziladi, so‘ng «Bosh-jurnal» kitobiga (1-shakl) yoziladi. Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi. Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi. Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi. Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari OʻzRning 2000-yil 14 dekabrda kabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
“Budjet kodeksi”ga asosan budjet xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1) budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy byudjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida: - asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; - chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga; - davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; - davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;
6) davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. Maxalliy byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo’ysunadigan byudjet tashkilotlari bo’yicha); ijtimoiy ta’minot mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; 76 7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; 8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash; 9) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; 10) er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish; 11) qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari; 13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Respublika byudjeti va byudjetdan moliyalanadigan tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag’lari kassa xarajatlari ijrosini ta’minlaydi. Byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari ularning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida yoki uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi byudjetdan ajratilgan mablag’lar qoldiqlari doirasida to’lov topshiriqnomalari bo’yicha amalga oshiriladi. G’azna hisobvarag’idan to’lanadigan byudjetlarning kassa xarajatlari hisobi har bir byudjetdan mablag’ oluvchi yoki xarajatlar yo’nalishi bo’yicha g’aznachilik bo’linmalarida bank ko’chirmalari va unga ilova qilingan to’lov hujjatlar asosida byudjet tasnifining bo’limlari, boblari, paragraflari va moddalari (xarajat turlari, ob’ekt va kichik ob’ekti) bo’yicha ochilgan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Respublika byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo’yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo’ladi. Ya’ni xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi yordamida Davlat byudjetidan amalga oshirilayotgan xarajatlar Davlatning aynan qaysi vazifasini bajarish uchun amalga oshirilayotganligini aniq belgilab olishimiz mumkin. Respublika byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarni iqtisodiy tasnifi O’zbekiston Respublikasi barcha darajadagi byudjetlari xarajatlarini xo’jalik belgilariga, ishlab chiqarish elementlariga ko’ra farqlashni nazarda tutadi, davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan xarajatlarning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib byudjet xarajatlari yo’nalishlarini belgilab beradi. Davlat byudjetining iqtisodiy xarajatlar tasnifining tuzilmasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Toifa Modda va kichik modda 77 Iqtisodiy xarajatlar tasnifi toifalar, moddalar va kichik moddalar kodlarini o’z ichiga olgan 7 raqamdan iborat. toifa – 2 ta raqam; modda – 1 ta raqam; kichik modda – 1 ta raqam; element – 3 ta raqam. Mahalliy byudjetning xarajatlari kassa ijrosi yagona g‘azna hisobvarag‘i yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridan belgilangan muddatlarda va tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, mahalliy byudjet, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larining qoldiqlari doirasida amalga oshiriladi. Davlatning jamiyat hayotida muhim vazifalarni bajarishi uchun ma’lum miqdorda xarajat qilish talab etiladi. Bu xarajatlar davlatning maxalliy byudjetlari yoki respublika byudjeti orqali amalga oshiriladi. Davlat xarajatlari - bu davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini davlat faoliyati bilan bog’liq ehtiyojlarni qondirish uchun qilingan sarflar yig‘indisidir. Budjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi: birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; uchinchi guruh — kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga muvofiq); to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar. Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq belgilanadi. Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi. Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:
 ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
 nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
 iqtisodiyot xarajatlari;
 markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
 davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;
 sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
 fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
 boshqa xarajatlar.



Download 75.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling