Budjet jarayoni mazmuni va mohiyati


Download 242.5 Kb.
Sana30.12.2022
Hajmi242.5 Kb.
#1072619

Budjet jarayoni mazmuni va mohiyati.

Budjet jarayoni mazmuni va mohiyati.

  • Davlat budjeti.
  • Davlat budjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati .
  • Budjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari.

Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o‘zining yangi “xuruji”ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining “mo‘rt” bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zini to‘la oqlagani har qanday e’tirof va e’tiborga munosibdir.

Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati 

  • Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. 

Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, 
ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga
mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham ob’ektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’ektlarga pul mablag’larining teskari 
oqimi bilan xarakterlanadi. 

Budjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari.

  • Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro’y beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi. Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi.

Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling