Budjet jarayoni mazmuni va mohiyati


Tarkibiy belgisibo‘yicha tijorat risklari quyidagilarga bo‘linadi


Download 406.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi406.5 Kb.
#1369963
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turdiyev Furqatjon Moliya fanidan

Tarkibiy belgisibo‘yicha tijorat risklari quyidagilarga bo‘linadi:
> mulkiy, mulklarni o‘g‘irlik, sovuqqonlik, texnik va texnologik tizimlarda ortiqcha quvvat va b. sababli
yo‘qotish ehtimolligi;
> ishlab chiqarish,turli sabablar bilan ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar natijasida zarar ko‘rish ehtimolligi;
> savdo, to‘lovlarning kechikishi, tovarlarni transportirovka qilish jarayonida to‘lovlarni
rad qilish

tovarlarni yetkazib bermaslik va b. sababli zarar ko‘rish ehtimolligi.
Moliyaviy risklar,pul mablag‘larini yo‘qotish ehtimolligi bilan bog‘liq. Moliyaviy risklar ikki turga
bo‘linadi: pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar va sarmoyalarni qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan
risklar (investitsion risklar).
Pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar quyidagi xillardan iborat:
Ø inflyatsion;
Ø deflyatsion;
Ø valyuta;
Ø likvidlik.


RISKNI BOSHQARISH (RISKIY BOSHQARUV)
Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari jamlamasi
shakllanadi; zarar ko‘rish ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi. Aniqlash va baholash o‘zaro uzviy
bog‘liq hisoblanadi va har doim ham ularni alohida mustaqil qismlarga ajratish imkoni bo‘lmaydi. Undan
tashqari, riskni boshqarish jarayoni qaramaqarshi yo‘nalishda borishi ham mumkin: baholashdan aniqlashga, 
misol uchun, zarar ko‘rib bo‘lingadan keyin uning sabablarini aniqlashda. Riskka ta’sir etish usullarini
tanlash bosqichida kelajakda ko‘rilishi mukin bo‘lgan zararlarni minimallashtirish rejalashtiriladi. Buning
uchun uni kamaytirishning turli uslub va usullari qo‘llaniladi. Riskka ta’sir etish usullarini tanlash ularning
samaradorligini solishtirish orqali, shu jumladan turli usullarning kompleks kombinatsiyalarini hisobga
olgan holda amalga oshirilishi lozim Riskka bevosita ta’sir etish bosqichi to‘rtta asosiy uslublardan tashkil
topadi:istisno qilish, pasaytirish, saqlash va riskni o‘tkazish. Riskni istisno qilish deganda mazkur risk bilan
bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar va chora-tadbirlarni rad qilish tushuniladi. Riskni pasaytirish -
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish ehtimolligini kamaytirishni
bildiradi. Bu yo‘nalishda oldini olish tadbirlari amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar deganda binolar va
inshootlarlarning xavfsizlini kuchaytiruvchi turli xildagi choralar, nazorat va ogohlantiruvchi tizimlarni, 
yong‘inga qarshi qurilmalarni o‘rnatish, ekstrimal holatlarda harakatlanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va
sh.k. tushuniladi.



Iqtisodiy muhit risklarini pasaytirish uchun turli xildagi usullardan foydalaniladi:
• diversifikatsiya – mablag‘larni (kapitalni) qo‘yilmalarning turli obyektlari bo‘yicha, foydalanishning
turli yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash jarayoni;
• qo‘shimcha axborotlarga ega bo‘lish;
• limitlashtirish– xarajatlar, sotuv, kredit va sh.k. limitini (chegarasini) o‘rnatish.
Risklarni saqlash zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish
yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini
tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash
nomini olgan. Risk saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga yana zararlarni
kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat dotatsiyalarini
olish va b. kiradi. Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun
javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov asosida riskni sug‘urta
kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, shuningdek turli
xildagi moliyaviy kafolatlar

kafilliklar va b. kiradi. Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z
javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar
(shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga oshirilishi mumkin.



Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning barcha risklari
jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu bosqich qaror qabul
qilish hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar
o‘rtasida vazifalarni aniqlash va taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, 
mutaxassislar bilan maslahatlar o‘tkaziladi. Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan
natijalarni hisobga olgan holda va yangi axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani
amalga oshirish natijalarini nazorat va tahrir qilish hisoblanadi. Nazorat menejerlardan ko‘rilgan
zararlar, uni kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy samaralari haqida axborot
olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi muntazab o‘tkazilib turilishi lozim. Riskni
boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan bog‘lanadi.
Haqiqatdan ham
, sug‘urta
azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham 
shundayligicha qolmoqda.



Download 406.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling